LINKEDIN va TWITTERda ham bizni kuzatib boring!

  • Post category:E'lonlar

Do'stlar! Sizni ajoyib yangilik bilan xursand qilmoqchimiz! Endi Telegram, Instagram, Facebook va YouTubedagi sahifalarimizdan tashqari, LINKEDIN va TWITTERda rasmiy sahifalarimiz mavjud! Barcha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining (http://new.polito.uz/uz/) barcha voqealari va yangiliklaridan xabardor bo'ling!

Continue ReadingLINKEDIN va TWITTERda ham bizni kuzatib boring!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

  • Post category:Yangiliklar

Huawei Uzbekistan kompaniyasi delegatsiyasi direktor Lyu Tszyasin boshchiligida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori Inoyatxodjayev J. Sh. va universitet ma’muriyati mehmonlar uchun kampus bo'ylab ekskursiya o'tkazdi. So'ngra, har ikki tomonning barcha imkoniyatlari bilan tanishib, O'zbekistonning axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlashdagi hamkorlikning o'zaro manfaatdorligi va ahamiyatini tushungan holda, Huawei Uzbekistan direktori Lyu Tszyasin va Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjayev J. Sh. o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Unga muvofiq universitet talabalarining raqamli savodxonligini oshirish va malakali IT-kadrlarni tayyorlash bo'yicha qo'shma dasturlar ishlab chiqiladi. Umid qilamizki, ushbu uchrashuv IT-ta'lim sohasidagi iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash va O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

2021-2022 o’quv yili uchun qabul boshlandi!

  • Post category:E'lonlar

▪️ O'zbekistondagi nufuzli texnik universitetlardan birida o'qishni istaysizmi? ▪️ Yevropa standartlari asosida ta’lim olishnichi? ▪️ Italiyaning yetakchi universitetining dunyo tan olgan diplomiga sazovor bo'lishnichi? ▪️ chet ellik professorlar tomonidan ta’lim olishni va chet ellik do'stlaringiz bo’lishinichi? ▪️Xorijiy filmlarda ko'rgan chet el universiteti muhitidan zavqlanishnichi? ▪️ innovatsion g'oyalaringiz va loyihalaringizni amalga oshirishnichi? ▪️ bilimlaringizni amalda qo'llash uchun zamonaviy uskunalar va mashinalar bo’lishinichi? ▪️ Italiya, Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi talabalar almashinuv dasturlari yordamida bilimlaringizni oshirishnichi? ▪️ akademik, ijtimoiy va madaniy talabalik davrini unutilmas qilib o’tkazishnichi? Agar hech bo’lmaganda, savollardan bittasiga javobingiz "Ha!" bo'lsa, undaToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga marhamat! 2021-2022 o'quv…

Continue Reading2021-2022 o’quv yili uchun qabul boshlandi!

Maktablar va o’quv markazlari o’quvchilari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ko'plab abituriyentlarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Ko'plab maktablar o’quvchilari TTPUga tashrif buyurib, universitetning barcha imkoniyatlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiyalar universitet faoliyati va uning Evropaning muhandislik sohasidagi eng yaxshi o'nta universitetlaridan biri bo'lgan Turin Politexnika Universiteti (Italiya) bilan hamkorlikda tashkil topilganligi tarixi bilan qisqacha tanishishdan boshlandi. O'quv mashg'ulotlari faqat ingliz tilida olib borilishi, o'quv dasturi to'liq TPU-Italiya tomonidan tashkil etilgani va universitetni tugatgandan so'ng 2 ta diplom, - bittasi TPU-Italiya tomonidan berilishi va o’z navbatida ushbu diplom dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida tan olinishi, ikkinchisi esa Toshkent shahridagi Turin universiteti tomonidan taqdim etilishi - maktab…

Continue ReadingMaktablar va o’quv markazlari o’quvchilari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Jaholatga qarshi ma’rifat!

  • Post category:Yangiliklar

Aynan shu shior ostida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida talabalar va Mirzo G'olib masjidi imom xatibi M. Sultonxonov va Toshkent Islom Instituti hadislar va islom tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi A. Toshpo'latovlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirni TTPU ning yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori A. Ashurov ochib, yoshlarning ma'naviy kamolotini mustahkamlashning muhimligi to'g'risida gapirdi: "Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, inson tanasida unga qarshi immunitet shakllanadi. Agar biz yoshlarimizni Vatanga, boy tariximizga muhabbat, ajdodlarimiz diniga sadoqat ruhida tarbiyalamoqchi bo'lsak, avvalo yoshlar ongida "ommaviy madaniyat" ga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz kerak, turli yod g'oyalar, bizning milliy ma'naviyatimizga zid bo'lgan salbiy holatlarga…

Continue ReadingJaholatga qarshi ma’rifat!

QABUL 2021/2022

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2021/2022 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI 1.1. KIRISH Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini o‘zida aks ettiradi. 1.2. Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni 2020/2021 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi: Yoʻnalish nomiO‘rinlar soniMashinasozlik texnologiyasi250Avtomobilsozlik texnologiyasi250Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi)350Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura50 1.3. Grant berish va ularning soni 2021/2022 oʻquv yilida "UzAvto" kompaniyasi va uning korxonalari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan hamda Davlat grantlari ajratilishi…

Continue ReadingQABUL 2021/2022

Ramazon Muborak!

  • Post category:E'lonlar

Aziz do'stlar! Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Sizni kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi bilan muborakbod etadi. Xonadoningizdan sog'lik-salomatlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat va yaxshiliklar hech qachon arimasin. Barcha qilayotgan ibodatlaringizni Alloh qabul aylasin!

Continue ReadingRamazon Muborak!

“DMG MORI Russia” nemis-yapon stanok ishlab chiqarish konserni vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori J. SH. Inoyatxodjayev "DMG MORI Russia" akademiyasining direktori I. G. Tonkix boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. DMG MORI dastgohsozlik sanoatida birinchi o'rinni egallaydi va metallga ishlov berish texnologiyasini rivojlantirish bo'yicha dunyoda yetakchi sifatida tan olingan. "DMG MORI Russia" delegatsiyasining tashrifi universitet kampusi va uning ilmiy-texnik bazasi bilan tanishishdan boshlandi. Tashrif davomida tomonlar mashinasozlik sohasidagi o'quv bazasini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. "DMG MORI Russia" akademiyasining direktori I. G. Tonkix talabalarga DMG MORI stanoklar bilan ishlash amaliyotini o'tkazish uchun laboratoriya yaratish taklifi bilan chiqdi. Bu talabalarga jahon standartidagi stanok ishlab chiqarish sohasida bilim va tajriba orttirishga,…

Continue Reading“DMG MORI Russia” nemis-yapon stanok ishlab chiqarish konserni vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Belorussiya Davlat Universiteti rektori Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi.

  • Post category:Yangiliklar

2021-yil 6-aprel kuni universitetlararo hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) rektori J. SH. Inoyatxodjayev Belorussiya Davlat Universiteti (BDU) rektori A. D. Korol boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Suhbat davomida tomonlar universitetlarning imkoniyatlari bilan tanishdilar va universitetlar o'rtasida ta'lim, fan va texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qo'shma hamkorlik tomonlarini muhokama qildilar. Ushbu uchrashuv har ikkala universitet uchun yaqin hamkorlik va yangi marralarni zabt etish uchun qadam bo'ladi deb umid qilamiz.

Continue ReadingBelorussiya Davlat Universiteti rektori Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida fan olimpiadalari o’tkaziladi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli talabalar! 2021-yil 7-9 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari o‘rtasida matematika, fizika va kimyo fanlaridan universitet fan olimpiadalari bo‘lib o‘tadi. ✅07.04.2021, soat 15:00 da - Kimyo fanidan (207-auditoriya). ✅08.04.2021, soat 15:00 da - Matematika fanidan (207-auditoriya). ✅09.04.2021, soat 15:00 da - Fizika fanidan (207-auditoriya). Barcha xohlovchilarni olimpiadalarda kutib qolamiz va barcha ishtirokchilarga Omad tilab qolamiz!

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida fan olimpiadalari o’tkaziladi!