TTPU Gibrid Elektr Transport Vositalari uchun Energiyani Boshqarish Tizimi loyihasi doirasida laboratoriya asbob-uskunalari xaridi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
“Gibrid elektr transport vositalari (HEVs) uchun optimallashtirilgan energiya boshqaruv tizimini (EMS) ishlab chiqish va elektron boshqaruv bloki (ECU) bilan integratsiyalashgan “hardware-in-loop” (HIL) simulyatorida eksperimental sinov orqali uning samaradorligini tekshirish” amaliy loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti laborator asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti quyidagi tartib va talablar asosida tanlov o‘tkazadi: Xarid qilinadigan asbob-uskunalar ro‘yxati va texnik tavsifi 1-ilovada keltirilgan. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi: Universitet nomiga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida ariza; Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma; Korxona ustavi; Talabgorning asosiy faoliyat turi tanlov maqsadlariga mosligi; 2024-yil yakuni bo‘yicha soliq…