TTPU TALABALARI DAVLAT GRANTLARI ORQALI XORIJDA BILIM OLMOQDALAR.
TTPU talabalari Universitetimizning almashuv dasturlari bilan bir qatorda, davlat grantlari orqali ham xorijda o’qish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.Gayratov Jasur ana shunday imkoniyatni qo’lga kiritgan talabalarimizdan biri hisoblanadi.Jasur, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining bakalavr bosqichini “Mashinasozlik texnologiyasi” yo'nalishida 2015-2019-yillarda tahsil olgan. Talabalik vaqtida universitet “Talabalar uyushmasi” faoli bo'lgan. 2019-2021- yillarda universitetda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib, Xodimlar bo'limi mutaxassisi hamda, “Juventus” futbol akademiyasi menejeri lavozimlarida ishlagan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi "El-yurt umidi" fondining 2021-2022-o'quv yili uchun mo'ljallangan хorijda ta'lim olish uchun grant go'libi bo'lib, hozirda Italiyaning Turin Politexnika Universitetida "Muhandislik va boshqaruv" yo'nalishi bo'yicha Magistratura bosqichida tahsil olmoqda."Xorijiy davlatlarda tahsil olish…