Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va 196-sonli maktab o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab o‘tilgan vazifalar ijrosiga hamda Oliy ta'lim muassasalariga o‘rta ta'lim maktablarini biriktirish va ularni ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha 2020 yil 22 noyabr kuni Bosh Vazir o‘rinbosari Musaev B.A. rahbarligida bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh majlisi 3-son Bayoniga muvofiq Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (TTPU) Olmazor tumanidagi 196-umumta'lim maktabi otalig‘iga olish uchun biriktirib berildi. Shu asnoda, TTPU 196-umumta'lim maktabi bilan hamkorlik ishlarini boshlab yubordi. 30 noyabr - 1 dekabr kunlari maktab professor-o‘qituvchilari TTPUga tashrif buyurishdi va ularga universitet mas'ul xodimlari tomonidan universitet faoliyati, ta'lim…