2025-yil 17-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Markaziy Osiyoda bilim yaratish: Innovatsiya, Barqarorlik va Akademik hamkorlik” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.







Ushbu tadbirda Italiya va O‘zbekiston vakillari, jumladan, turli vazirliklar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Davra suhbatini Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev ochib berdi.
Tadbir davomida akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, innovatsiyalar va barqarorlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetik barqarorlik dolzarb kabi muhokama qilindi ushbu sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, Italiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, texnologik rivojlanish, ta’lim va innovatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi va Erasmus+ dasturi doirasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, Milan Biccoca universitetida yozgi maktab tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.