“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” to‘plami
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” nomli to‘plam tayyorlandi. Nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqi asosida tuzilgan bo‘lib, unda mamlakatning o‘tgan davrdagi rivojlanish ko‘rsatkichlari, muhim natijalar hamda kelgusidagi maqsadlar raqamlar va infografikalar orqali yoritilgan. Prezidentning ushbu nutqi 2026-yil 28-avgust kuni Yangi Toshkentda o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlanga📊 To‘plamda iqtisodiyot va investitsiyalar, sanoat va energetika, ta’lim, ilm-fan va sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologiya hamda ijtimoiy rivojlanish kabi yo‘nalishlardagi ma’lumotlar jamlangan.🎓 Xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, oliy ta’lim qamrovining kengayishi, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.…
📢O‘zbekiston standartlar institutida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda
Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot va amaliy tavsiyalar olish imkoniyati mavjud:*️⃣ta’lim va rivojlanish - malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurslari;*️⃣hamkorlik - texnik qo‘mitalarga a’zolik imkoniyatlari;*️⃣ekspertiza - standartlarni professional ekspertizadan o‘tkazish;*️⃣ilm-fan - standartlashtirish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar;*️⃣sinov va tizimlar - mahsulotlar sinovi hamda menejment tizimlarini joriy etish;*️⃣tadbirkorlarga ko‘mak - muvofiqlikni baholashda amaliy va uslubiy yordam. Tadbir ishtirokchilarga sohadagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro standartlar, me’yoriy-huquqiy o‘zgarishlar hamda mahsulot va xizmatlar sifati bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan malakali mutaxassislardan javob olish imkonini beradi. 📅 Sana: 17-sentabr, 2026-yil⏰ Vaqt: 10:00–13:00📍 Manzil: Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9V-uy, 2-qavat, majlislar zali. 15-sentabr kun 747-TPU-sonDownload
2026-yilning 15-sentabridan
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga Davlat byudjeti va tanlov asosida qabul boshlanishini e’lon qilamiz:· 01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika;· 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui;· 05.09.01 - Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar;· 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish;· 05.08.06 - G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish;· 05.02.08 - Yer usti majmualari va uchish apparatlari;· 08.00.13 - Menejment;· 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti. Tanlovda ishtirok etishni xohlagan talabgorlar Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo’limiga (102-xona) murojaat qilishlari mumkin.
“35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.
“President Tech Award” tanlovi e’loni uchun raqamli ma’lumot
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Arizangizni hoziroq awards.gov.uz…
TTPUda xalqaro yozgi maktab — “Summer School Uzbekistan 2026”!
2026-yil 2–16-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Germaniyaning Kempten amaliy fanlar universiteti hamkorligida “Summer School Uzbekistan 2026” xalqaro yozgi maktabi tashkil etilmoqda. Dastur O‘zbekiston va Germaniya talabalari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish, ularni Markaziy Osiyoning iqtisodiy, texnologik va madaniy salohiyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. Dastlabki ma’ruzalar Industry 4.0, turizm va madaniy meros hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. 🏭 Industry 4.0 va zamonaviy ishlab chiqarish Dastur doirasida ishtirokchilar UzAuto Motors Powertrain korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar va sanoat jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar uchun: 🔹 “Design-to-Part” yondashuvi;🔹 loyiha boshqaruvi;🔹 avtomatlashtirish tizimlari;🔹 gidravlika va pnevmatika…
TTPU bitiruvchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi bandligi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridan mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.🔗 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:https://ee.cerrsurvey.uz/single/NBnBeZuJSizning fikr va takliflaringiz bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda ta’lim jarayonini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirishga xizmat qiladi.
«OIV/OITS KASALLIGI HAQIDA»,
«GIYOHVANDLIKNING SALBIY OQIBATLARI » Ma’ruzachi OIV infeksiyasi bugungi kunda dunyo miqyosidagi dolzarb sog'liqni saqlash muammolaridan biri ekanligini ta’kidladi. OIV infeksiyasining tarqalish sabablari, kasallikning yuqish yo‘llari, uning oldini olish choralari hamda aholining, ayniqsa yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish muhimligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, OIV infeksiyasi bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarashlar va stereotiplarni bartaraf etish, muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish zarurligi alohida qayd etildi. Shu bilan birga giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyatga salbiy ta’siri haqida fikr bildirdi. U giyohvand moddalarni iste’mol qilish OIV infeksiyasi tarqalish xavfini oshiruvchi asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab, yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga,…
📖 Jadid adabiyotining durdona asarlari elektron va audio kitoblarshaklida tayyorlandi.
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasitomonidan milliy adabiyotimiz va ma’rifatparvarlik tarixida alohida o‘rin tutuvchi quyidagi durdona asarlar zamonaviy audiovizual formatda tayyorlanib, “Mutolaa” platformasiga joylashtirildi. 👧“O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy)👧“Kecha va kunduz” (Abdulhamid Cho‘lpon)👧“Qatlnoma” (Nabijon Boqiy)👧“Hind sayyohining qissasi” (Fitrat)👧“Abulfayzxon” (Fitrat)👧“Jinlar bazmi” (Abdulla Qodiriy)👧“Turkiy guliston yoxud axloq” (Abdulla Avloniy)👧“Eski maktab” (Sadriddin Ayniy)👧“Bir vafolik zaifaning xususida” (Behbudiy)👧“Odob-axloq kitobi” (Munavvarqori Abdurashidxonov) 🎧 Mazkur loyihalar orqali jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lidagi mashaqqatli kurashi, xalq ozodligi va millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi bugungi yosh avlodga ta’sirchan va zamonaviy usulda yetkazilmoqda.
Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi
⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 25.04.2026Download
Joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi
⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 18.04.2026Download
Joriy yilning 11-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi
⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 11.04.2026 (2)Download
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish hamda ularning hayoti va faoliyatidan ibrat olishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda Mudofaa vazirligi iste’fodagi polkovniki Gulmurod Keldiyarovich Xushvaqov, iste’fodagi podpolkovnik Ulugʻbek Abdurahmonovich Zufarov hamda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili Ma’mura Zoxidova hamda Universitet talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov so‘zga chiqib, Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati,…
“Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 8-aprel kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida “Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev yoshlar bilan uchrashib, muhandislik sohasining bugungi kundagi ahamiyati, zamonaviy tendensiyalar hamda istiqbolli yo‘nalishlar haqida taqdimot qildi. Jumladan, sun’iy intellekt, robototexnika, yashil energetika kabi yo‘nalishlar muhandislik rivojining asosiy drayverlari sifatida alohida ta’kidlandi. Ma’ruza davomida bugungi muhandislar ilm-fan va ishlab chiqarishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekani, innovatsiyalar yaratish, murakkab texnologik muammolarni hal etish hamda jamiyat farovonligini ta’minlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida yuqori malakali muhandis kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgani, bu borada…
- 1
- 2
- 3
- 4
- …
- 38
- Go to the next page