TTPUda Erasmus+ klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) 2024 yil 25-oktyabr kuni Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti, Oliy ta’lim tslohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Erasmus+ klaster uchrashuvi CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta'siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster Uchrashuvi o'tkazildi. Tadbir avvalida mehmonlar uchun TTPU bo'ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyatini yaqindan tanishtirildi. Uchrashuvda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha…

Continue ReadingTTPUda Erasmus+ klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi

TTPU rektori va Koreya milliy transport universiteti vakili ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 22-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev va Koreya milliy transport universiteti (KNUT) dekani Professor Ryumduk Oh ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida istiqboldagi rejalar, O'zbekistonda sun'iy intellekt va yashil iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishga qaratilgan qo'shma loyihalar muhokama qilindi. Tadbir yakunida ta'lim jarayoniga sun'iy intellektni joriy etish, ushbu yo'nalish bo'yicha qo'shimcha seminar treninglar, maktab va akademik litsey o'quvchilari hamda o'qituvchilari uchun koreyalik professor-o'qituvchilar tomonidan o'quv kurslarini hamkorlikda olib borish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Continue ReadingTTPU rektori va Koreya milliy transport universiteti vakili ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi

TTPU talabalarining ishlanmalari xalqaro musobaqalarda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 16-19-oktabr kunlari Turkiyaning Erzurum shahrida Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi 16-Xalqaro robotlar musobaqasi (MEB robot yarışması) bo'lib o'tmoqda. Tadbirda 17 davlatdan 80 ta jamoa, shu jumladan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Cosmos Innovation" jamoasi o'zining "Body Tester" nomli (birinchi o'zbek robo doktori) innovatsion loyihasi bilan Mustaqil loyiha (Serbest Proje) yo'nalishi bo'yicha ishtirok etmoqda. Turkiyalik hakam va mutaxassislar jamoa asoschisi Asadbek Urunov tomonidan taqdimot qilinayotgan mazkur ishlanmaga katta qiziqish bildirmoqda.

Continue ReadingTTPU talabalarining ishlanmalari xalqaro musobaqalarda

TTPU bitiruvchisi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

  • Post category:Yangiliklar

TTPU bitiruvchisi Shahbozbek Abdunabiev Politecnico di Torino (Italiya) professori Daniella Tordella ilmiy rahbarligida "Radiozonde klaster tarmog‘i: atmosfera bulutlari ichidagi lagranj tebranishlarini kuzatish uchun yangi yondashuv" mavzusida PhD dissertatsiyasini Politecnico di Torino (Italiya)ning Amaliy fanlar va texnologiyalar kafedrasida muvaffaqiyatli himoya qildi.

Continue ReadingTTPU bitiruvchisi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

TTPU va Swift Launch kompaniyasi o’rtasida tuzilgan memorandumga asosan Biznes inkubator dasturi tashkil etilmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 17-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Swift Launch jamoasi tomonidan talabalar uchun startapning ahamiyati va tadbirkorlik yo'li haqidagi ma'ruza bo'lib o'tdi. Tadbirda Oʻzbekistonning sobiq elchisi, "UZVC" milliy venchur jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi raisi Dr. Alisher Shayxov mehmon spiker sifatida ishtirok etdi. TTPU rektori O.To'ychiyev kirish so'zi bilan ochib bergan mazkur tadbir startap va innovatsiyalarga qiziquvchi talabalar uchun manfaatli bo'lib, unda talabalar qanday qilib o'z biznesini yo'lga qo'yishi mumkinligini, g'oyalar muvaffaqiyatli loyihalarga aylanishi, shu bilan birga TTPU va Swift Launch kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan biznes-inkubatorining imkoniyatlari va tartibi haqida ma'lumot berildi.

Continue ReadingTTPU va Swift Launch kompaniyasi o’rtasida tuzilgan memorandumga asosan Biznes inkubator dasturi tashkil etilmoqda

Turkiya prezidenti ma’muriyati vakillari TTPUga tashrif buyurishdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18-oktabr kuni Turkiya Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Universitet vakillari mehmonlar uchun universitet bo'ylab tur uyushtirib, TTPU faoliyati haqida ma'lumot berdi. Shu jumladan, talabalar ishlanmalarini ko'rsatish va o'quv dars jarayonlari bilan tanishtirish mobaynida mehmonlar talabalar bilan suhbatlashib, Universitet salohiyati yuqoriligini, o'zbek iqtidorli yoshlarining soni ortib borayotganini ta'kidladi va ularni 19-oktabr kuni Hyatt Regency mehmonxonasida bo'lib o'tadigan "Talent for BIZ" mehnat yarmarkasiga taklif etdi.

Continue ReadingTurkiya prezidenti ma’muriyati vakillari TTPUga tashrif buyurishdi

Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi direktor o’rinbosari TTPU ga tashrif buyurdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 16-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi direktor o'rinbosari Chjou Yuan boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a'zolarini TTPU rektori Olimjon To'ychiyev kutib olib, ularga universitet bo'ylab tur tashkil etdi. Tur davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. So'ngra o'tkazilgan uchrashuv davomida TTPU rektori O.To'ychiyev tomonidan universitetning salohiyati va kelajakdagi rejalari haqida ma'lumot berilib, Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi faoliyati haqidagi taqdimot tinglandi hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv so'ngida, kelgusida ikki tomonlama anglashuv memorandumini imzolash hamda fan va texnologiyalar yo'nalishlarida hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib olindi.

Continue ReadingXitoy Xalq Respublikasining Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi direktor o’rinbosari TTPU ga tashrif buyurdi

TTPUning “Arxitektura va dizayn” yo’nalishi talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 14-oktabr kuni oʻquv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Arxitektura va dizayn” yoʻnalishi 2-bosqich talabalari uchun “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan ekskursiya o'tkazildi. Mazkur ekskursiya davomida talabalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi binosining qurilish jarayoni, xususan, binodagi konstruktiv va kommunikatsion tizimlar joylashuvi, har bir qavatdagi xonalar oʻlchamlari, ulardagi demontaj ishlari hamda binoning interyer va eksteryer render koʻrinishlari bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, ular prorab, quruvchilar bilan suhbatlashib, nafaqat ilmiy-amaliy maslahatlar olishdi, balki oʻzlarining kasbga oid dolzarb savollariga javob olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Ekskursiya soʻngida TTPU talabalari "Enter Engineering" kompaniyasi vakillari tomonidan restavratsiya ishlari tamomlangandan soʻng…

Continue ReadingTTPUning “Arxitektura va dizayn” yo’nalishi talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

  • Post category:E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-4477-son, 2022-yil 19-dekabrdagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-443-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yaqinda Erasmus+ CBHE "Sphere- Sustainable transportation within a framework of a green deal" Yevropa loyihasining faol ishtirokchisiga aylandi. Shu munosabat bilan, loyihani amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 1-jadvalda ko‘rsatilgan laboratoriya uskunalarini xarid qilish uchun tender e’lon qiladi. Jadval 1 Kerakli jihozlar ro‘yhati Turi(jihoz yoki dasturiy ta’minot)Tovar nomiSoniJihozVBOX 3i dual antenna- Industry standard data logger1JihozBrake trigger/ Pedal force sensor1JihozBrake temperature monitoring system1JihozInertial…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

TTPU va Kyungil universiteti o’rtasidagi o’zaro hamkorlik mustahkamlandi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, 2-4-oktabr kunlari Inno innovatsion ishlab chiqarish texnoparkida bo'lib o'tayotgan Koreya-O'zbekiston sanoat - akademiya, innovatsiyalar haftaligi doirasida "Ajin Group" kompaniyasi raisi Sea Jungho va Kyungil universiteti prezidenti Hyun-Tae Chung boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, TTPU rektori Olimjon To'ychiyev mehmonlarga universitet bo'ylab ekskursiya tashkil etib, universitet talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, TTPUning o'quv va ilmiy yutuqlari bilan tanishtirdi. Mazkur uchrashuv doirasida avtomobilsozlik, muhandislik sohalarida 2+2 ta'lim dasturini tashkil etish, qo'shma ilmiy tadqiqotlarni olib borish va talabalarni stajirovkaga yuborish bo'yicha masalalar muhokama qilinib, ushbu yo'nalishlar bo'yicha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Kyungil universiteti o'rtasida…

Continue ReadingTTPU va Kyungil universiteti o’rtasidagi o’zaro hamkorlik mustahkamlandi

“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash oyligi” doirasida universitet talabala yoshlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 2-oktabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash oyligi" doirasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari U.J.Karimov, unversitet proflaktika katta inspektori podpolkovnik Sh.Yusupov, katta leytenant O.F.Ismoilova, dekan o`rinbosari A.Azizxodjayev, Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.S.Nabixanova, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida mas'ullar tomonidan giyohvandlik va psixhotrop moddalarning noqonuniy muomalasi va iste'mol qilishning og'ir oqibatlari tushuntirildi.

Continue Reading“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash oyligi” doirasida universitet talabala yoshlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida yangi qurilgan 5 qavatli bino ochilish marosimini tashkil etish uchun qurilish-ta`mirlash ishlari boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida qo’shimcha qurilish-ta`mirlash ishlari olib borish boʼyicha  quyidagicha: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 4 qavatli o`quv binosi  1-qavat koridor (yo`lak) qismi va foyesini ta`mirlanishi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida yangi qurilgan 5 qavatli binoga olib boruvchi yo’lak, talabalar dam olish joyi (besedka) va foye qismi.  Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining Talabalar turar joyi binosini 3-4 qavatlari va zinapoyalar qismi ta`mirlanishi Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kuni deb belgilanadi. Ilovada 1. Texnik shartlar. 2. Baholash meʼzonlari. 3. Ta`mirlanayotgan xonalarning interyer dizayni. Tenderda ishtirok etish uchun xujjatlar yopiq konvertda…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida yangi qurilgan 5 qavatli bino ochilish marosimini tashkil etish uchun qurilish-ta`mirlash ishlari boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

“Hayot uchun joy ajrating” ommaviy plogging ekoaksiyasi va Men bugun avtomobilsizman” videochelleji o’tkazildi

Joriy yilning 20-21-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Hayot uchun joy ajrating" ommaviy plogging ekoaksiyasi va Men bugun avtomobilsizman" videochelleji o'tkazildi.Tadbir davomida, Universiteti xodimlari hamda talabalari jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalangan holga universtitetga kelib, mazkur aksiyada faol ishtirok etishdi. Siz ham aksiyada faol ishtirok etib, o'z hissangizni qo'shing!

Continue Reading“Hayot uchun joy ajrating” ommaviy plogging ekoaksiyasi va Men bugun avtomobilsizman” videochelleji o’tkazildi

“Talabalikka bag‘ishlov – 2024”

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yangi 2024-2025-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun "Talabalikka bag‘ishlov" tadbiri bo'lib o'tdi Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi. So'ngra, TTPU rektori Olimjon To'ychiyev so'zga chiqib, talabalikka qabul qilingan barcha talabalarni yangi o'quv yilida omad va zafarlarlar tilagan holda, kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishligiga ishonch bildiruvchi nutq so'zladi. Universitet ota-onalar kengashi raisi ham talabalarni talabalik maqomini olganlari bilan qutlab, sammimiy tilaklarini tiladi. Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga,…

Continue Reading“Talabalikka bag‘ishlov – 2024”

Talabalar turar joyida ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining talabalar turar joyida Olmazor tumani 4-sonli IIB HPB katta inspektori podpolkovnik Sh.Yusupov, XQMBI katta leytenant O.Ismoilova, Maʼnaviyat va marifat boʻlimi boshligʻi F.Nabixanova, tyutor M.Eshonqulov, psixolog Sh.Ibrohimova, komendant A.Sultonov va talabalar ishtirokida yig‘ilish bo'lib o'tdi. Yig‘ilish davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari hamda talabalr yotoqxonasida belgilangan majburiyatlarni bajarishi zarurligi haqida aytib o‘tildi.          

Continue ReadingTalabalar turar joyida ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi