Oʻzbekiston va Italiya: taʼlim, fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi
Joriy yilning 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent shahridagi Turin politexnka universiteti rektori O.To‘yichiyev va Turin shahri meri Stefano Lo Russo boshchiligidagi Italiya delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev universitet va Italiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. Turin politexnika universitetining Italiyadagi bosh kampusida o‘zbek talabalariga alohida yotoqxona ajratish, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida inkubator markazini tashkil etish hamda talabalarning Italiya…