Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q!
Mamlakatimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash, islom madaniyatini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarning ilmiy merosini o‘rganish, yangi masjid-madrasalar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo‘li bilan o‘z maqsadlariga erishishni ko‘zlaydigan kuchlar bor ekan, sun'iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to‘xtamaydi. Zero, g‘oyalar kurashi avj olgan XXI asrda ham tinchlik ne'mati ko‘plab mamlakatlar uchun hamon orzu bo‘lib qolmoqda. Bunga 2011-2016 yillarda ba'zi arab mamlakatlarida ro‘y bergan va hamon davom etayotgan siyosiy inqirozlar oqibatida yuzaga kelgan qonli to‘qnashuvlar misol bo‘la oladi. Mazkur davlatlarda bo‘lib o‘tgan xunrezliklar, go‘yoki «arab…