O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga ekskursiya
1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi, milliy armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqilganligi munisabati bilan, talaba-yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalar nafaqat O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga, balki muzeyning boy va keng ko’lamga ega bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi ekspozitsiyalari bilan ham tanishishga muyassar bo’ldilar. Universitet talabalari muzeydagi eksponatlar bilan tanishar ekanlar,…