2022-yil 12-dekabr kuni CAT@ maxsus texnikaning O‘zbekistondagi rasmiy dileri “Zeppelin Central Asia Machinery” MChJ va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Ushbu memorandum tomonlarning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, universitet qoshida Caterpillar o‘quv markazini ochishga qaratilgan. Mazkur o‘quv markazda talaba va korxona xodimlari jahonning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan birining greyder simulyatorida yo‘l qurilish texnikasini ekspluatatsiya qilishni o‘rganadilar.
O‘quv markazi negizida Caterpillar va Zeppelin kompaniyalari vakillari ishtirokida ilmiy-metodik seminarlar, mehmon ma’ruzalari va boshqa tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ochilishda “Zeppelin Central Asia Machinery” XK hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rahbariyati, shuningdek, AQSh elchixonasi, Olmazor tumani hokimligi va AHK Germaniya savdo kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
“Caterpillar tog‘-kon sanoati va qurilish uskunalari bo‘yicha dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchi bo‘lib, u yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonda o‘zining eng yirik global dileri Zeppelin Uzbekistan orqali taqdim etilgan. Ushbu o‘quv markazining ahamiyati shundaki, u talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va o‘z sohasi bo‘yicha yuqori malakali va tan olingan mutaxassislardan bilim olib, professional jihozlardan foydalanish imkonin beradi”, deydi texnika fanlari doktori, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjaev.
“So‘nggi yillarda biz O‘zbekiston ta’lim sohasini rivojlantirish, qurilish va yo‘l xo‘jaligida malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalar ustida faol ish olib bormoqdamiz. Biz nafaqat universitetlarni moddiy-texnik jihozlash bo’yicha yordam berishga, balki to’plangan tajribamizni to’liq baham ko’rishga va o’quv jarayonida ishtirok etishga intilamiz. O‘z navbatida, talabalar va bo‘lajak mutaxassislar bilan muloqot sohaga yangicha qarashimizga yordam beradi”. – deydi “Zeppelin Central Asia Machinery” MChJ bosh direktori Mixail Kontsevenko.
Zeppelin Uzbekistan Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda 2023-yilga mo‘ljallangan keyingi hamkorlik rejasini ishlab chiqdi.