Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) 2024 yil 25-oktyabr kuni Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti, Oliy ta’lim tslohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Erasmus+ klaster uchrashuvi CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta’siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster Uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbir avvalida mehmonlar uchun TTPU bo’ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyatini yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To’ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari, noakademik CBHE hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim tizimidagi manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Muhandislik sohasida va Universitet-Sanoat hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha jami 26 ta Erasmus+ CBHE loyihalari (shundan 12 tasi tugallangan, 12 tasi davom etayotgan loyiha va 2024 yilgi tanlovdan 2 loyiha) bo’yicha natijalar tahlil qilindi.
2024 yilgi tanlovda tanlangan 5 ta yangi loyiha 11 ta davlat hududlaridan va 7 ta nodavlat tashkilotlardan kelgan 44 ta OTMni (shulardan 12 tasi O‘zbekistonning OTMlari) o‘z ichiga oladi. Bu loyihalar tarmoq yaratish va sinergiya imkoniyatlarini aniqlashdan foyda ko‘radi. Ikkita milliy loyiha (HEMUA va GREENDT), Markaziy Osiyo mamlakatlarini qamrab oluvchi uchta mintaqaviy loyiha (SILKWAY, ESGCA, GDCAU) mavjud.
Ushbu Klaster Uchrashuvi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning 30 yilligi doirasida tashkil etildi. Bu hamkorlik 20 yil davomida Tempus loyihalari va 10 yil mobaynidagi Erasmus+ dasturidagi hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Erasmus+ Oliy ta’lim islohotlari milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari Ilhom Abdurahmonov, Xabibullo Nosirov va Asiya Tureniyazova joriy yilning 3-4 sentyabr kunlari Finlyandiyaning Tamper shahriga HERE o‘quv safari doirasida tashrif buyurdilar. Oliy Ta’lim Islohotlari bo‘yicha mutaxassislar guruhi Tamper Amaliy Fanlar Universitetida (TAMK) universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni hozirgi va kelajakdagi ish joylari, innovatsiyalar va barqaror ekotizimlarni yaxshilash mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etdilar.
Klaster uchrashuvi quyidagi maqsadlarni o’z ichiga oldi:
- Muhandislik va Universitet-Sanoat hamkorligi sohasida mahalliy oliy ta’lim muassasalarini o‘z ichiga olgan turli Erasmus+ CBHE loyihalari o‘rtasida o’zaro ta’sirni oshirish, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va amaliy qo‘llashni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish maqsadida muhandislik universitetlari qoshida oliy muhandislik maktablarini tashkil etish tendensiyasiga mos ravishda.
- Akademiya (ilmiy-tadqiqot muassasalari), korxonalar va kengroq sanoat sektori o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tadqiqotlarni tijoratlashtirish va patentlash hamda innovatsiyalar orqali universitet daromadlarini oshirish.
- Erasmus+ CBHE loyihalarining ko‘rinishini oshirish va Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, vazirliklar, oliy ta’lim manfaatdor tomonlari kabi turli manfaatdor tomonlarga O‘zbekistondagi Erasmus+ CBHE loyihalari haqida ma’lumot berish imkoniyatini yaratish.
- Klaster uchrashuvi ishtirokchilari o‘rtasida yaxshi amaliyotlarni almashish imkonini yaratish.
- Davom etayotgan va yakunlangan loyihalarning natijalari, yutuqlari va maqsadlarini targ‘ib qilish va tarqatish.
Ishchi tillar: Ingliz, o‘zbek
Erasmus+ CBHE oliy ta’lim loyihalari:
2015-2020 yillardagi 6 ta tanlov doirasida O‘zbekistonga jami 43 ta Erasmus+ CBHE loyihalari moliyalashtirilgan, jumladan 12 ta milliy loyiha, Yevropa va O‘zbekiston universitetlari ishtirokida, 11 ta mintaqalararo loyiha va Markaziy Osiyoning bir nechta davlatlaridan OTMlar ishtirokidagi 20 ta mintaqaviy loyihalar. 43 ta Erasmus+ CBHE loyihalari uchun ajratilgan umumiy loyiha byudjeti 36,6 million yevroni tashkil etdi, shundan taxminan 11,5 million yevro (31,4%) aynan O‘zbekiston OTMlari uchun ajratildi.
2021-2027 yillar dasturi doirasida hozirgacha 20 ta loyiha tanlab olindi. 2024 yilgi Erasmus+ Oliy Ta’limda Imkoniyatlarni Kengaytirish loyihalari tanlovining natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston OTMlari ishtirokidagi 5 ta yangi CBHE loyihalari moliyalashtiriladi. Shundan 2 ta milliy loyiha, 3 ta Markaziy Osiyo mamlakatlarini qamrab oluvchi mintaqaviy loyihalar mavjud. Hozirda 16 ta CBHE loyihalari davom etmoqda, ulardan 8 tasi yil boshida boshlangan. 2024 yilgi tanlovdan tanlangan beshta yangi CBHE loyihalari 2025 yil boshida ishga tushadi.
Muhandislik sohasida va Universitet-Sanoat hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha 26 ta Erasmus+ CBHE loyihalari (12 tugallangan loyiha, 12 davom etayotgan loyiha va 2024 yilgi tanlovdan 2 loyiha) 2024 yil sentyabr oyiga qadar moliyalashtirilgan. Ushbu loyihalarda O‘zbekistonning jami 26 ta universiteti va 7 ta nodavlat tashkilotlari ishtirok etgan.
October 2024 | 1-2015 | 2-2016 | 3- 2017 | 4- 2018 | 5- 2019 | 6- 2020 | Call-2022 | Call-2023 | Call-2024 |
63 projects | 11 | 7 | 7 | 7 | 5 | 6 | 7 | 8 | 5 |
43 completed | 11 | 7 | 7 | 7 | 5 | 6 | |||
15 ongoing | 7 | 8 | |||||||
5 new selected projects | 5 |
Quyidagi QR koddan foydalanib, Erasmus+ loyihalari haqida to‘liq ma’lumotni olishingiz mumkin.