Joriy yilning 13-dekabr kuni Karamay shahrida joylashgan Xitoy neft universiteti-Pekin vitse-prezidenti va bosh moliya direktori Zhang Hongyan boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin poltexnika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida degelatsiya a’zolari uchun universitet bo’ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyati, xususan, o’quv va ilmiy sohalarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, TTPU birinchi prorektori A.Ashurov, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori J.Yusupov va delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Erasmus+ dasturi doirasida loyihalarni birgalikda amalga oshirish, xodimlar mobilligi va talabalar almashinuvi dasturini tashkil etish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan muhokama etilib, kelgusida hamkorlik sohalarini kengaytirishga kelishib olindi.