You are currently viewing Elektr energiyasini bir soatga o‘chiring — tabiat haqida qayg‘uring!

Elektr energiyasini bir soatga o‘chiring — tabiat haqida qayg‘uring!

Bugun yurtimizda global ekologik tashabbus — “Yer soati” (Earth Hour) doirasida maxsus ekoaksiya o‘tkazilmoqda. Ushbu aksiya sayyoramizdagi ekologik muammolarga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi — har bir insonni ekologik mas’uliyatga chaqirishdan iborat.

Sizning ushbu oddiy amalingiz orqali:

✔️ Tabiiy resurslarni tejashga,

✔️ Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishga,

✔️ Sayyoramiz kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolik pozitsiyasini bildirishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

🌱 Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda — harakatni bugundan boshlaylik!