Bugun 4-mart kuni O’zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar hududiy kengashi bilan hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ayol – ilhom, go‘zallik va mehr tilmsoli” mavzusidagi bayram tadbiri o’tkazildi.







Tadbirni TTPU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektori A.Ashurov hamda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o’rinbosari Sh.Isroilovlar ochib, barcha ayollarni bayram bilan tabrikladilar. So‘ngra 50 nafardan ziyod metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmalari raislariga, bir qancha TTPU xodimalari hamda iqtidorli, reyting ko‘rsatgichi yuqori bo’lgan talaba qizlarga bayram sovg‘asi taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir davomida Universitet Musiqa klubi rahbari B.Norboyev, klub a’zolari U.Mavlonov va A.Abdumanovlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar bayram tadbiriga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.