2025-yil 11-13-mart kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Italiyaning Politecnico di Torino universiteti hamkorligida “Zilzilabardoshlik sohasida salohiyatni oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi.
Tadbir davomida zilzilabardoshlik bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy loyihalash va hisoblash usullari, madaniy meros obyektlarining seysmik mustahkamligini baholash, energiya tejamkor qurilish materiallari va barqaror arxitektura masalalari hamda shaharsozlik va qurilish sohasida xalqaro normativ hujjatlarni qo‘llash istiqbollari muhokama qilinadi.
Tadbirda oliy ta’lim tashkilotlari vakillari, xorijiy va mahalliy olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘zlarining tadqiqot natijalari va ilg‘or tajribalari bilan bo’lishadilar.
O‘tkaziladigan sana: 2025-yil 11-13 mart
Joy: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, B bino, Yellow hall
Qo’shimcha ma’lumot uchun: ierbs2025@polito.uz