Joriy yilning Joriy yilning 29–31-may va 1-iyun kunlari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida o‘tkazilayotgan Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali (MSITF-2025) o’tkazildi. Festival doirasida yoshlar o‘rtasida “Kiber sport”, “Xakerlik ustasi”, “Dasturlash”, “3D modellashtirish texnologiyalari”, “Robotlar jangi”, Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish”, “Raketamodel”, “Dron-reysing” va “Kelajak transport texnologiyalari robototexnikasi” yo‘nalishlarida o‘tkazilgan musobaqalar g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi.




Shu jumladan, TTPU talabalari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faxrli o’rinlarni egallab, tadbir tashkilotchilari tomonidan pul mablag’lari bilan taqdirlandilar:
“Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish musobaqasi” 1-o’rin g’oliblari:
“Software Engineering” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Rustamov Dilmurod;
“Aviation engineering” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Kosimov Akbarshoh;
“Biznes boshqaruv” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Yo’ldosheva E’zoza.
“Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish” musobaqasi 3-o’rin g’oliblari:
“Aviation engineering” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Komronbek Abdaliev;
“Biznes boshqaruv” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Atoyev Umid.
“Kelajak transport texnalogiyalari robototexnikasi” musobaqasi 3-o’rin g’oliblari:
“Dasturiy ta’inot muhandisligi” yo’nalishi 3-bosqich talabasi Abdullayev Ne’matulla;
“Aviatsiya muhandisligi” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Mirzaqulov Behro’z;
“Biznes boshqaruv” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Qiyomov Sardor.
Shuningdek, “Arxitektura va dizayn” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Dilmurodova Mahdiyabonu Eng faol ixtirochi ayol naminatsiyasi g’olibasiga aylandi.
Shu bilan birga, TTPU hamda Olmazor tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Digital Olmazor TechnoCamp” loyihasi o’quvchilari “Roketa modellashtirish” yo’nalishi hamda “Kelajak transporti texnologiyalari” yo’nalishi musoboqalarida 2-o’rinni egalladilar.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi barcha ishtirokchi va g‘oliblarni samimiy muborakbod etadi! Ushbu yutuqlar TTPU talabalarining bilim, salohiyat va innovatsiyalarga bo‘lgan kuchli intilishining yorqin ifodasidir.