You are currently viewing Kasaba uyushmasining VIII Qurultoy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kasaba uyushmasining VIII Qurultoy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish institutida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasining VIII Qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Qurultoyda yurtimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, soha vakillari, hamkor tashkilotlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev hamda universitet kasaba uyushmasi raisi Fariza Nabixanova ishtirok etdi.

Qurultoy davomida kasaba uyushmalari tizimidagi so‘nggi besh yillik faoliyat tahlil qilinib, kelgusi davr uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan kasaba uyushmasi rahbar organlariga yangi rahbarlar saylandi, shu bilan birga, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga delegatlar ko‘rsatildi.

Tadbir doirasida Universitet rektori Olimjon To‘ychiyev so’zga chiqib, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining kasaba uyushmasi bilan uzoq yillik hamkorligiga to‘xtaldi.Ushbu hamkorlik doirasida so‘nggi yillarda talabalar va xodimlar uchun ijtimoiy-ma’naviy, sport-sog‘lomlashtirish va madaniy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratdi. Shuningdek, u kasaba uyushmalari tizimidagi faol ishtirok universitet jamoasi uchun muhim ekani, bu esa hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.