You are currently viewing TTPU va Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TTPU va Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2025-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev hamda Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi rahbari Farrux Ziyayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ta’lim, innovatsiya va iqtisodiyot sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, “Samsarak aqlli eko-qishlog‘i” loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari, startap tashabbuslari, shuningdek, talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida “Turin–Samsarak Innovation Challenge” startap tanlovi, qo‘shma ilmiy loyihalar, grant dasturlari va talabalar amaliyotlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi.