Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston madaniy meros obyektlarini konstruktiv takomillashtirish orqali energiyani tejovchi adaptiv optimallashtirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruzachi: PhD talabasi Tatyana Kim
Sana: 2025-yil 31-oktabr
Vaqt: 16:00
Joy: TTPU, B1-xona
Seminar davomida O‘zbekistonning madaniy meros obyektlarini energiya samaradorligi tamoyillari asosida modernizatsiya qilish masalalari, konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliy loyihalarda qo‘llashning ilmiy va muhandislik jihatlari muhokama qilinadi.
Seminar barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, PhD tadqiqotchilar, magistrantlar hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchilar uchun ochiq!
Ilm, madaniy meros va barqaror rivojlanish chorrahasida bo‘lishni istaysizmi? Unda seminarda ishtirok eting!