Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o‘tkaziladi:
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
“Yilning eng faol sportchi talabasi”
“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha)
“Yilning eng faol ijodkor talabasi”
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)
Tanlovda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari qatnashishi mumkin. Bu yilgi tanlovda oldingi mavsumlarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar ishtirok eta olmaydi.
Tanlovning universitet bosqichi 10-noyabrga qadar o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nizomda (https://turin.uz/wp-content/uploads/2025/10/Yilning-eng-faol-talabasi-tanlovi-NIZOMI.pdf) ko’rsatilgan hujjatlar to’plamini ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga (109-xona) taqdim etishingiz zarur.