You are currently viewing Shanxay Zhiguang Politexnika kolleji vakillarining TTPUga tashrifi

Shanxay Zhiguang Politexnika kolleji vakillarining TTPUga tashrifi

2025-yil 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Hua Yue — Shanxay Zhiguang Politexnika kolleji “Inson yashash muhiti va Arxitektura dizayni” yo’nalishi raisi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar universitet kampusi, o‘quv binolari va laboratoriyalari bilan tanishib, ta’lim jarayoni hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim, arxitektura va dizayn sohalarida tajriba almashish, qo‘shma seminarlar va o‘quv loyihalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Professor Hua Yue tomonidan “Shaharlarni yangilash sharoitida arxitektura dizayni kasbiy ta’limi” mavzusida TTPU talabalari uchun akademik seminar o‘tkazildi.

Tashrif yakunida o‘zaro akademik va amaliy hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolandi.