You are currently viewing “SEN AZIZSAN MUHTARAM AYOL” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

“SEN AZIZSAN MUHTARAM AYOL” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

2026-yil 4-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sen azizsan muhtaram ayol” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Tal’at Usmonov, O‘zbekiston teatr va kino aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Firyuza Muhitdinova, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tarmoq korxonalarining kasaba uyushma faollari, faol xotin-qizlar hamda Respublika kengashi faxriylari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida faol mehnati va jamoat ishlaridagi tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir qator xotin-qizlar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tadbir doirasida P. Benkov nomli ixtisoslashtirilgan san’at maktabi tomonidan tayyorlangan etnografik hamda sahnalashtirilgan tarixiy liboslar namoyishi tashkil etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbir ayolning jamiyatdagi o‘rni, uning fidokorona mehnati hamda yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yana bir bor e’tirof etishga xizmat qildi.