Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 6 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitet birinchi prorektori - A.Ashurov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi – X.Sodiqov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi – O.G‘ulomova, Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi – X.Mamatova hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi – G‘.Tursunmetovalar qatnashdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov kirish so‘zi bilan ochib, Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimiz ekanligi qayd etildi. Tadbir davomida Toshkent tumanlararo…