“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE’MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda!

  • Post category:Yangiliklar

“15 mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni” munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE'MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda! Tanlov ikki bosqichda boʼlib oʼtadi: 1-bosqich – 2025 yil 6 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida roʼyxatdan oʼtgan talabalar uchun test sinovlari oʼtkaziladi. 2-bosqich – 2025 yil 12 mart kuni 1-bosqich test natijalariga koʼra, saralangan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi. Gʼoliblarni esdalik sovgʼalari kutmoqda! 🏆 Ehtimoliy test savollari bilan tanishish uchun@RaqobatGovUz Telegram kanaliga aʼzo boʼling! Olimpiada.edu.uz elektron tizimida…

Continue Reading“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE’MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda!

TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, bir necha soatlardan so‘ng, Italiyada tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar bilan muhim uchrashuv boshlanadi! Tadbirda O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev ishtirok etadi. Tadbir boshlanish vaqti: 18:30 (Toshkent vaqti bilan), 14:30 (Italiya vaqti bilan).Tadbir o'tkaziladigan joy: Politecnico di Torino universiteti, 7-xona. Quyidagi havola orqali uchrashuvda onlayn ishtirok etishingiz mumkin:https://polito-it.zoom.us/j/83884026711?pwd=ETtWhxaHXOh2IyLkLk0yN19OZeYEwh.1

Continue ReadingTALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

POLITECNICO DI TORINO UNIVERSITETINING AKADEMIK SENATI YIG’ILISHI

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev Politecnico di Torino universitetining 2024/2025-o‘quv yiliga bag'ishlangan tadbir, akademik senati yig'ilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi. Mazkur tadbirda nufuzli mehmonlar, jumladan, Italiyaning Ommaviy boshqaruv vaziri Paolo Zangrillo, Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Antonio Tajani, Turin shahri meri Stefano Lo Russo, Piedmont viloyati prezidenti Alberto Cirio, shuningdek, boshqa yuqori martabali vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir boshlanish vaqti: 14:30 (Toshkent vaqti bilan) Tadbirni jonli efirda kuzatish uchun havola: https://www.mediastream.polito.it/live.php?publkey=4253629371.

Continue ReadingPOLITECNICO DI TORINO UNIVERSITETINING AKADEMIK SENATI YIG’ILISHI

TTPU Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov natijasini e’lon qiladi

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Talabalar Ittifoqi (Students' Union) prezidentligiga saylov o'tkazildi. Unda quyidagi nomzodlarga jami 203 nafar Universitet xodimlari va talaba yoshlar ishtirok etib, o'z ovozlarini berdilar: Qoriyev Ayubxon Aziz o‘g‘li – "Dasturiy ta’minot muhandisligi" yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi Mirzaqulov Yusuf Isroil o‘g‘li – "Mashinasozlik muhandisligi" yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi Yusupov Diyor Abdumalikovich – "Biznes boshqaruvi magistri - MBA" yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti Imomaliyeva Shaxlo Usvali qizi – "Biznes boshqaruvi" yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi Saylov natijasini taqdim etilgan infografikadan batafsil bilib olishingiz mumkin.

Continue ReadingTTPU Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov natijasini e’lon qiladi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Jizzax politexnika instituti hududida “Avtomobilsozlik muhandislik maktabi” qurilishi bo`yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo`yicha TENDER EʼLON QILINАDI

  • Post category:Tender_uz

Lot 1 – Jizzax politexnika instituti hududida “Avtomobilsozlik muhandislik maktabi” qurilishi. Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kuni deb belgilanadi. Ilovada 1. Texnik shartlar. 2. Baholash meʼzonlari. 3. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma 4. Arxitekturaviy rejalashtirish topshirig`i Tenderda ishtirok etish uchun hujjatlar yopiq konvertda taqdim etilishi shart. Tender, kapital taʼmirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun, taxminiy narxlarni kamaytirish asosida (ponijeniye) oʻtkaziladi. Tenderda ishtirok etish boʼyicha savollar yuzasidan universitetning Ekspluatatsiya bo‘limi boshlig‘i Eshmuratov Ilxom Аmanturdievichga murojaat qilish mumkin.Тел.: (98) 809 02 11.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Jizzax politexnika instituti hududida “Avtomobilsozlik muhandislik maktabi” qurilishi bo`yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo`yicha TENDER EʼLON QILINАDI

Xalqaro astronavtika federatsiyasi “IAF Emerging Space Leaders” grant dasturini eʼlon qildi!

  • Post category:E'lonlar

2025-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro astronavtika federatsiyasining 76-kongressida 100 dan ortiq davlatdan kompaniyalar va 10 mingdan ziyod ekspertlar ishtirok etadi. Ushbu kongressda oʻzbek talabalari va mutaxassislari “IAF Emerging Space Leaders” granti orqali bepul qatnashish imkoniga ega boʻlishlari mumkin Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2025-yilning 14-fevral kuniga qadar davom etadi!

Continue ReadingXalqaro astronavtika federatsiyasi “IAF Emerging Space Leaders” grant dasturini eʼlon qildi!

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun maqolalar qabul qilinadi

  • Post category:E'lonlar

Sizni 2025-yil 10-13 mart kunlari Politecnico di Torino universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan IERBS-2025: Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish bo‘yicha texnik salohiyatni rivojlantirish xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga va maqolalaringizni taqdim etishga taklif qilamiz. Asosiy yo‘nalishlar:1-bo‘lim: Binolar va inshootlarning konstruktiv va seysmik xavfsizligi, zamonaviy hisob-kitob va loyihalash usullari.2-bo‘lim: Madaniy meros ob’ektlarining seysmik barqarorligini aniqlashning zamonaviy usullari.3-bo‘lim: Zamonaviy arxitektura, energiya tejovchi qurilish materiallari va texnologiyalar.4-bo‘lim: Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik va qurilish sohasida xorijiy meʼyoriy hujjatlarni qoʻllash istiqbollari.5-bo‘lim: Aholi yashash joylarida halokat xavfini kamaytirish va boshqarishda geografik axborot tizimlarining (GIS) roli. MUHIM MA’LUMOTLARKonferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.Plenar ma’ruzalar (20 daqiqa)…

Continue ReadingXalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun maqolalar qabul qilinadi

TTPU rektori “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumida ekspert sifatida ishtirok etdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 31-yanvar va 1-fevral kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyev “Raqamli fabrikalar: Sun’iy intellekt yordamida aqlli boshqaruv va robototexnika integratsiyasi” mavzusidagi panel muhokamasida ekspert sifatida ishtirok etdi. Mazkur forum biznes vakillari, xalqaro ekspertlar, IT-hamjamiyat, davlat idoralari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilib, raqamli texnologiyalar va sanoat innovatsiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Panel muhokamasi davomida O.Toʻychiyev raqamli sanoat, robototexnika va sun’iy intellektni rivojlantirish boʻyicha O‘zbekistonda va TTPUda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida nutq soʻzladi.  Shuningdek, forum doirasida Xitoyning AGIBOT kompaniyasi bilan…

Continue ReadingTTPU rektori “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumida ekspert sifatida ishtirok etdi

“Building Planning and Design 1” fanidan loyiha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Architecture and Design" yo‘nalishi talabalari "Building Planning and Design 1" fanidan loyiha taqdimotlarini o‘tkazdilar. Taqdimotlar jonli va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar turli arxitektura yondashuvlarini qo‘llagan holda o‘z loyihalarini namoyish etdilar. Ishlab chiqish jarayonida SketchUp, 3Ds Max, AutoCAD, Lumion va Revit dasturlaridan foydalanildi. Shuningdek, loyihalar SHNQ (Shaharsozlik normalari va qoidalari) talablariga muvofiq ishlab chiqildi. Talabalar funksional va estetik jihatdan puxta ishlangan binolar, barqarorlik tamoyillariga asoslangan dizaynlar hamda innovatsion arxitektura yechimlarini taqdim etdilar. Ushbu loyihalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga bo‘lgan intilishlarini yana bir bor namoyon etdi. Ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak…

Continue Reading“Building Planning and Design 1” fanidan loyiha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti zarur laborator asbob-uskunalar xaridi bo’yicha tanlov e’lon qiladi

  • Post category:Tender_uz

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, sanoat korxonalari bilan hamkorlikda bir qator muhandislik laboratoriyalarini tashkil etish maqsadida laborator-asbob uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Tanlov muddati, 2025-yil 20-fevral soat 18:00 etib belgilandi. Ilovada zarur laborator asbob-uskunalarning ro‘yxati (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) va texnik shartlari (o‘zbek tilida) ilovada keltirib o’tilgan. Tanlovda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan barcha turdagi yurudik shahslar ishtirok etish huquqiga ega. Laborator asbob-uskunalar lotlarga bo‘lingan bo‘lib tanlov ishtirokchisi bitta yoki bir nechta lot bo‘yicha ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi: tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi; korxona-tashkilotning faoliyat turi mosligi;…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti zarur laborator asbob-uskunalar xaridi bo’yicha tanlov e’lon qiladi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga klining xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

  • Post category:Tender_uz

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, universitet binolarida klining (tozalash ishlari, jumladan ma’muriy xonalarini, o‘quv auditoriyalarini, sanuzellarni tozalash va kimyoviy ishlov berish, kovrolan qoplamalarini kimyoviy tozalash va fasad oynalarini yuvish va h.k) xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot bilan 2025-yil uchun shartnoma imzolashga ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlovda mazkur xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga, tegishli moddiy taxnik bazasiga va ishchi xodimlariga ega yuridik shahslar ishtirok etishga haqli. Klining xizmatlari kelishilgan grafik asosida dushanba-shanba kunlari soat 07:00 dan 18:00 ga qadar ko‘rsatilishi lozim. Tanlov universitetning internet portalida e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davom etadi. Universitet tasnifi: 1. O‘quv bino. 4 qavatdan iborat, umumiy maydoni…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga klining xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga klining xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

  • Post category:Tender_uz

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, universitet binolarida klining (tozalash ishlari, jumladan ma’muriy xonalarini, o‘quv auditoriyalarini, sanuzellarni tozalash va kimyoviy ishlov berish, kovrolan qoplamalarini kimyoviy tozalash va fasad oynalarini yuvish va h.k) xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot bilan 2025-yil uchun shartnoma imzolashga ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlovda mazkur xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga, tegishli moddiy taxnik bazasiga va ishchi xodimlariga ega yuridik shahslar ishtirok etishga haqli. Klining xizmatlari kelishilgan grafik asosida dushanba-shanba kunlari soat 07:00 dan 18:00 ga qadar ko‘rsatilishi lozim. Tanlov muddati, e’lon universitetning internet portalida joylashtirilgan kundan e’tiboran 10 kalendar kuni deb belgilanadi. Universitet tasnifi: 1. O‘quv bino. 4 qavatdan iborat, umumiy…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga klining xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

QURILMA SOTIB OLISH BOʻYICHA TENDER MUDDATI UZAYTIRILDI

  • Post category:Tender_uz

Loyiha: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Italiya savdo agentligi (ITA) o‘rtasida “Italy-Uzbekistan Training and Technology Center” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilidi. Ushbu loyihani amalga oshirishning asosiy maqsadi Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash va yanada rivojlantirish. Italiyaning to‘qimachilik, poyabzal va metallga ishlov berish sohalarida Italiya texnologiyalarining eksport qilishdagi rolini faollashtirishdan iborat. Italiya Savdo Agentligi (ITA) tomonidan moliyalashtirilgan “Italiya-O‘zbekiston o‘quv-texnologiya markazi” loyihasi doirasida uskunalar xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilamiz. Kim uchun: Italiyaning toʻqimachilik, poyabzal va metallga ishlov berish sohalarida xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga tenderda ishtirok etish imkoniyatini taklif qiladi. Topshirish muddati: Arizalarni topshirishning oxirgi muddati Italiya…

Continue ReadingQURILMA SOTIB OLISH BOʻYICHA TENDER MUDDATI UZAYTIRILDI

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda o’quvchi yoshlar uchun STEM Olimpiadasi o’tkaziladi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida O'zbekistonda STEM taʼlimini rivojlantirish, xususan, hamkorlikda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarning STEM fanlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash hamda ragʻbatlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv so'ngida tomonlar o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga asosan, joriy yilning fevral-may oylarida STEM, xususan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha olimpiada testbor.uz platformasi orqali ikki bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi.

Continue ReadingTaʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda o’quvchi yoshlar uchun STEM Olimpiadasi o’tkaziladi
Read more about the article Joriy yilning 27-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Universitet kengashining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi
TTPU

Joriy yilning 27-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Universitet kengashining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Unda TTPU rektori Olimjon To'ychiyev, prorektorlari, boshqarma va bo'lim boshlig'lari hamda barcha professor-o'qituvchilar, xodimlar ishtirok etdi. Yig'ilish avvalida Universitet jamoasi nomidan TTPU birinchi prorektori A.Ashurov dotsent ilmiy unvonini, Arxitektura va qurilish kafedrasi dotsenti D.Nazarova professor ilmiy unvonini olganliklari hamda Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i F.Nabixanova Ilm-fan yo'nalishi bo'yicha Yil ayoli tanlovi go'libi bo'lganliklari e'tirof etilib, sovg'alar topshirildi. Shuningdek, tadbirda iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish to'g'risidagi Nizom muhokama etilib, universitet eksplutatsiya ishlari bo'yicha, shuningdek, universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, moliyaviy ishlar haqida yillik hisobotlar tinglandi. Yig'ilish so'ngida, Universitet rektori O.To'ychiyev barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, kelgusi faoliyatlarida…

Continue ReadingJoriy yilning 27-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Universitet kengashining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “UzAuto Motors” AJning sifat bo’yicha maslahatchisi Bruno Marcelo Santosning “UzAuto Motors Quality Concepts” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Ma'ruzada sifat nazorati jarayonlari, xususan, ularning avtomobil ishlab chiqarishdagi ahamiyati, mahsulot xaridi chog‘ida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihatlar hamda ishlab chiqarish jarayonlarida sifatni ta’minlashning samarali usullari haqida so‘z bordi. Tadbir so'ngida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisidan atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Continue ReadingJoriy yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “UzAuto Motors” AJning sifat bo’yicha maslahatchisi Bruno Marcelo Santosning “UzAuto Motors Quality Concepts” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

Karamay shahrida joylashgan Xitoy neft universiteti-Pekin bilan hamkolik aloqalari mustahkamlanmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 13-dekabr kuni Karamay shahrida joylashgan Xitoy neft universiteti-Pekin vitse-prezidenti va bosh moliya direktori Zhang Hongyan boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin poltexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida degelatsiya a'zolari uchun universitet bo'ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyati, xususan, o'quv va ilmiy sohalarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, TTPU birinchi prorektori A.Ashurov, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori J.Yusupov va delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Erasmus+ dasturi doirasida loyihalarni birgalikda amalga oshirish, xodimlar mobilligi va talabalar almashinuvi dasturini tashkil etish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan muhokama etilib, kelgusida hamkorlik sohalarini kengaytirishga kelishib olindi.

Continue ReadingKaramay shahrida joylashgan Xitoy neft universiteti-Pekin bilan hamkolik aloqalari mustahkamlanmoqda

TTPUda “Kod ortidagi dunyolar: Dasturchining sayohati” mavzusidagi ma’ruza bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Uber kompaniyasining katta dasturiy ta'minot muhandisi va xorazmiy.dev IT platformasi asoschisi Ulfat Abjabborovning "Kod ortidagi dunyolar: Dasturchining sayohati" mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida Ulfat Abjabborov dasturlashning mohiyati, loyihalarda dasturlash tillarini qo'llash holatlari haqida ma'lumot berib, o'zining dunyoning yetakchi kompaniyalaridan birida orttirgan tajribalari bilan bo'lishdi. Tadbir yakunida, talaba yoshlar mavzuga doir o'zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Mazkur ma'ruza nafaqat talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki ularning kasbiy maqsadlari sari yo‘l topishlarida ilhom bag‘ishlashga xizmat qildi.

Continue ReadingTTPUda “Kod ortidagi dunyolar: Dasturchining sayohati” mavzusidagi ma’ruza bo’lib o’tdi

TTPU TALABALARI UCHUN YAPONIYADA ISHLASH IMKONIYATLARI OCHILMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Balcom Nihongo" kompaniyasi vakillari tomonidan "Yaponiyada karyera tomon ilk qadam" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Yaponiya davlati, uning madaniyati, ishlash imkoniyatlari hamda yapon tilini o‘rganishning zamonaviy usullari haqida batafsil ma’lumot berilib, Yaponiya mehnat bozorida talab katta bo‘lgan muhandislik sohasidagi mutaxassislar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. 🔵Shuningdek, yangi ishlab chiqarilgan yapon tilini individual tarzda o‘rganishga moslashtirilgan "Balcom Nihongo" ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Continue ReadingTTPU TALABALARI UCHUN YAPONIYADA ISHLASH IMKONIYATLARI OCHILMOQDA

TTPU va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o’rtasidagi hamkolik mustahkamlanmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.To'ychiyev va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining Toshkent shahar bo‘limi Bosh kotibi A.Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda o‘smirlar va yoshlar o’rtasida velosportni rivojlantirish, sport sohasida ta’lim sifatini ko’tarish, sport fanlari, sport infratuzilmasini rivojlantirish, qo‘shma sport tadbirlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilinib, ushbu yo'nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Continue ReadingTTPU va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o’rtasidagi hamkolik mustahkamlanmoqda