Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?

  • Post category:E'lonlar

Eʼlon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi. Oromgohda sizni nimalar kutmoqda? ➡️Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;➡️Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;➡️ Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;➡️Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar. Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi. ➡️Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting. (https://forms.gle/yF6fhSU9B35wfsX3A)

Continue ReadingIsh qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?

Qulay o’quv grafigiga va to’lov shartlariga ega magistratura mutaxassisliklariga 2025/2026-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda

  • Post category:E'lonlar

Agar siz:✅ O‘z sohangizda yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz✅ Ilmiy izlanishlarga qiziqsangiz✅ Kasbiy o‘sishda yangi marralarni zabt etishni istasangiz 📚 Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining magistratura bosqichi siz uchun eng to‘g‘ri tanlovdir! Nima uchun aynan TTPU?🎯 Zamonaviy va amaliy bilimlar👨‍🏫 Xorijiy va mahalliy tajribali professor-o‘qituvchilar🔬 Ilmiy izlanishlar va startap loyihalar🌍 Xalqaro hamkorlik va talabalar almashinuvi🤝 Chet ellik talabalar bilan birga o‘qish imkoniyati 🗓 Kirish imtihoni: 2025-yil 9-avgust, soat 10:00📍 Manzil: TTPU, B bino‼️ Imtihon suhbat shaklida o‘tkaziladi Qo‘shimcha savol va takliflar uchun:📞 Telefon: +998712464087🌐 Veb-sayt: apply.turin.uz🌐Telegram: @turinuz24 🚀 Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang!

Continue ReadingQulay o’quv grafigiga va to’lov shartlariga ega magistratura mutaxassisliklariga 2025/2026-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda

R&D Camp 2025: Bilim va tajriba ulashmoqchimisiz?

  • Post category:E'lonlar

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2025-yil 12–16-avgust kunlari tashkil etiladigan R&D Camp innovatsion lagerida ishtirok etish uchun tajribali mentorlar, malakali trenerlar va ilhomlantiruvchi guest speakerlar taklif etiladi. 🔹Yo‘nalishlar:🔘 Biotexnologiya🔘Farmatsevtika🔘AgriTexnologiya🔘Oziq-ovqat texnologiyalari🔘Kompyuter fanlari / Ma’lumotlar tahlili🔘Sog‘liqni saqlash texnologiyalari🔘Sun’iy intellekt / Machine Learning🔘Kosmik texnologiyalar🔘Yashil texnologiyalar (Green/Clean Tech) Ishtirok shakli:🔷Onlayn (xorijdagi ekspertlar uchun)🔷Oflayn (O‘zbekistonda yashovchilar uchun) 📌 Mentorlardan kutiladigan vazifalar:🔘1 kun ichida 1–2 mashg‘ulot yoki interaktiv sessiya o‘tkazish🔘Jamoalarga loyiha ishlab chiqish jarayonida maslahat berish🔘DEMO DAYda baholovchi sifatida ishtirok etish (ixtiyoriy) ✅ Barcha xarajatlar (yo‘l, turar joy, ovqatlanish) to‘liq qoplanadi. 👉 Murojaat uchun: @Abdulaziz_Suyarov

Continue ReadingR&D Camp 2025: Bilim va tajriba ulashmoqchimisiz?

“Omadli Talaba” sovrinli o‘yinining sanasi o‘zgartirildi!

  • Post category:E'lonlar

Talab va takliflarga binoan,Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida abituriyentlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Omadli Talaba” sovrinli o‘yinining navbatdagi soni 2025-yil 15-avgust sanasiga ko‘chirildi. 📌 Eslatma: Universitetda belgilangan qoidalarga muvofiq, abituriyent qabul davrida bir nechta vaucher yutgan taqdirda faqat eng katta chegirmaga ega vaucher amal qiladi. Bu barcha uchun teng imkoniyatni ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Continue Reading“Omadli Talaba” sovrinli o‘yinining sanasi o‘zgartirildi!

2- va 3-bosqich TTPU talabalari diqqatiga!

  • Post category:E'lonlar

"Dolzarb 90 kunlik" tadbirlar doriasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan 2 va 3-bosqich talabalari uchun “Introduction to Motor vehicles and CAD for Engineers” mavzusida yozgi muhandislik treningi tashkil etilmoqda. 💠Ushbu trening amaliy mashg‘ulotlar orqali sizning texnik ko‘nikmalaringizni rivojlantirish, avtomobilsozlik sohasida muhandislik bilimlaringizni kengaytirish hamda kompyuter yordamida loyihalash asoslarini o‘rganish imkonini beradi. Trening davomida quyidagilarni kutishingiz mumkin:✅ Avtomobil mexanizmlarining ishlash prinsiplari bilan tanishish✅ Muhandislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirish✅ Kompyuter yordamida loyihalash (CAD) dasturlarini noldan boshlab o‘rganish 👨‍🏫 Mentor: Sharipov A.K.📧 Email: a.sharipov@polito.uz📞 Tel: +998 99 903 79 11 📍 Trening oflayn shaklda bo‘lib o‘tadi. Uni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga…

Continue Reading2- va 3-bosqich TTPU talabalari diqqatiga!

Real sanoatda real tajriba — TTPUning IMT yo‘nalishi!

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida haqiqiy amaliyotga qaratilgan yangi DUAL TA’LIM dasturiga qabul boshlandi! 🚀 "Sanoatda ishlab chiqarish texnologiyalari (IMT)" yo‘nalishi — o‘z kasbini haqiqiy egasi bo'lishni istaganlar uchun! 🔍 Ushbu dastur siz uchun, agar siz:✅ Ishlab chiqarishdagi muammolarni hal qiladigan menejer bo‘lishni xohlasangiz✅ Nazariyani amaliyot bilan bog‘lashni istasangiz✅ Haqiqiy sanoat korxonalarida tajriba orttirishni orzu qilsangiz 📌 Asosiy yo‘nalishlar:➡️ Sanoat tizimlarini dasturlash (PLC muhandisiligi)➡️ CNC/CAD dizayn va boshqaruvi➡️ Sanoat ma’lumotlarini tahlil qilish ✅ Afzalliklar:🟠 900+ soat amaliy mashg‘ulot🟠 100+ sanoat korxonalari bilan hamkorlik🟠 Darslarning 60% sanoat ekspertlari tomonidan o‘tiladi🟠 Ishdan ajralmagan holda, gibrid formatda o‘qish 💼 Hoziroq ro‘yxatdan o‘tib, ertangi…

Continue ReadingReal sanoatda real tajriba — TTPUning IMT yo‘nalishi!

TTTPU abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keying o‘rinlarda “universitet”) abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini. Ishtirok etish shartlari: 1. Abituriyent universitet bilan o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan bo‘lishi;* 2. Eng kamida shartnomada belgilangan kontrakt summasining 25%ini to‘lagan bo‘lishi kerak. Sovrinlar: 5 000 000 (besh million) so‘mlik vaucherlar (Shartnoma summasidan chegirma sifatida foydalanish uchun. Naqd pul ko‘rinishida berilmaydi).Agar abituriyent kontrakt summasining to‘liq (100%) to‘lovini amalga oshirgan bo‘lsa, yutib olingan vaucherdan foydalanish huquqi keyingi o‘quv yili uchun saqlanib qoladi. O‘tkazilish shartlari va muddatlari: Sovrinli o‘yin quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan sanalarda o‘tkaziladi. Sovrinli o‘yinda qatnashib, g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar keyingi sovrinli o‘yinlarda o‘zlarining imkoniyatlarini saqlab qoladilar. G‘olib…

Continue ReadingTTTPU abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan – DEBSEUz” loyihasi doirasida laborator asbob uskunalarni xarid qilish bo‘yicha TANLOV E’LON QILADI

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti quyidagi tartib va talablar asosida laborator asbob uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilmoqda: 1. Xarid qilinadigan asbob uskunalar ro‘yxati va texnik tavsifi (1-ilovada keltirilgan). 2. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan quyidagi xujjatlar talab etiladi: - Universitet nomiga tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida ariza; - Talabgor haqida umumiy ma’lumot (2-ilovaga muvofiq); - Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma; - Korxona ustavi; - Talabgorning asosiy faoliyat turi tanlov maqsadlariga mosligi. - 2024-yil yakuni bo‘yicha soliq organlariga topshirilgan balans (1 va 2 formalar) - Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligini tasdiqlovchi xujjat; - Insofsiz ijrochilarning yagona…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan – DEBSEUz” loyihasi doirasida laborator asbob uskunalarni xarid qilish bo‘yicha TANLOV E’LON QILADI

“Ilhom” mukofoti uchun ilmiy va ijodiy yoshlar tanlovi

  • Post category:E'lonlar

⭐ “Ilhom” mukofoti sovrindoriga aylanmoqchimisiz? 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti (https://lex.uz/docs/-4966474) tanlovi o‘tkaziladi. ✍️“Ilhom” mukofoti shoirlar va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi sohalarda eng yuqori natijalarga erishgan yoshlarga beriladi. 📜 Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali dastlabki saralash bosqichi hamda asosiy respublika (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) bosqichlaridan iborat.‼️Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino, sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlarga rektorning…

Continue Reading“Ilhom” mukofoti uchun ilmiy va ijodiy yoshlar tanlovi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

  • Post category:E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-4477-son, 2022-yil 19-dekabrdagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-443-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yaqinda Erasmus+ CBHE "Sphere- Sustainable transportation within a framework of a green deal" Yevropa loyihasining faol ishtirokchisiga aylandi. Shu munosabat bilan, loyihani amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 1-jadvalda ko‘rsatilgan laboratoriya uskunalarini xarid qilish uchun tender e’lon qiladi. Jadval 1 Kerakli jihozlar ro‘yhati Turi(jihoz yoki dasturiy ta’minot)Tovar nomiSoniJihozVBOX 4 100Hz GNSS Data logger1JihozBrake trigger/ Pedal force sensor1JihozTyre Temperature Monitoring  system1JihozInertial Measurement Unit1Jihoz2Chan…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

TTPUda “Zilzilabardoshlik sohasida salohiyatni oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi

  • Post category:E'lonlar

2025-yil 11-13-mart kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Italiyaning Politecnico di Torino universiteti hamkorligida "Zilzilabardoshlik sohasida salohiyatni oshirish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi. Tadbir davomida zilzilabardoshlik bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy loyihalash va hisoblash usullari, madaniy meros obyektlarining seysmik mustahkamligini baholash, energiya tejamkor qurilish materiallari va barqaror arxitektura masalalari hamda shaharsozlik va qurilish sohasida xalqaro normativ hujjatlarni qo‘llash istiqbollari muhokama qilinadi. Tadbirda oliy ta'lim tashkilotlari vakillari, xorijiy va mahalliy olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘zlarining tadqiqot natijalari va ilg‘or tajribalari bilan bo'lishadilar. O‘tkaziladigan sana: 2025-yil 11-13 martJoy: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, B bino, Yellow hallQo'shimcha ma'lumot uchun:…

Continue ReadingTTPUda “Zilzilabardoshlik sohasida salohiyatni oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi

“Sanoat muhandisligi” ilg‘or muhandislik maktabini qurilish ishlarini bajarish boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

  • Post category:E'lonlar

Jizzax Politexnika Instituti qoshidagi “Sanoat muhandisligi” ilg‘or muhandislik maktabini qurilish ishlarini bajarish boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI. Lot 1 – Jizzax Politexnika Instituti qoshida “Sanoat muhandisligi” ilg‘or muhandislik maktabi qurish. Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kuni deb belgilanadi. Ilovada 1. Texnik shartlar. 2. Baholash meʼzonlari. 3. Qurilish ishlarining bosh plan loyihasi. Tenderda ishtirok etish uchun xujjatlar yopiq konvertda taqdim etilishi shart. Tender, kapital ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun, tahminiy narxlarni kamaytirish tamoillari asosida (ponijeniye) o‘tkaziladi. Tenderda ishtirok etish boʼyicha savollar yuzasidan universitet bosh muxandisi Eshmuratov Ilxom Аmanturdievichga murojaat qilish mumkin.Тел.: (98) 809…

Continue Reading“Sanoat muhandisligi” ilg‘or muhandislik maktabini qurilish ishlarini bajarish boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

TTPU Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov natijasini e’lon qiladi

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Talabalar Ittifoqi (Students' Union) prezidentligiga saylov o'tkazildi. Unda quyidagi nomzodlarga jami 203 nafar Universitet xodimlari va talaba yoshlar ishtirok etib, o'z ovozlarini berdilar: Qoriyev Ayubxon Aziz o‘g‘li – "Dasturiy ta’minot muhandisligi" yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi Mirzaqulov Yusuf Isroil o‘g‘li – "Mashinasozlik muhandisligi" yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi Yusupov Diyor Abdumalikovich – "Biznes boshqaruvi magistri - MBA" yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti Imomaliyeva Shaxlo Usvali qizi – "Biznes boshqaruvi" yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi Saylov natijasini taqdim etilgan infografikadan batafsil bilib olishingiz mumkin.

Continue ReadingTTPU Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov natijasini e’lon qiladi

Xalqaro astronavtika federatsiyasi “IAF Emerging Space Leaders” grant dasturini eʼlon qildi!

  • Post category:E'lonlar

2025-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro astronavtika federatsiyasining 76-kongressida 100 dan ortiq davlatdan kompaniyalar va 10 mingdan ziyod ekspertlar ishtirok etadi. Ushbu kongressda oʻzbek talabalari va mutaxassislari “IAF Emerging Space Leaders” granti orqali bepul qatnashish imkoniga ega boʻlishlari mumkin Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2025-yilning 14-fevral kuniga qadar davom etadi!

Continue ReadingXalqaro astronavtika federatsiyasi “IAF Emerging Space Leaders” grant dasturini eʼlon qildi!

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun maqolalar qabul qilinadi

  • Post category:E'lonlar

Sizni 2025-yil 10-13 mart kunlari Politecnico di Torino universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan IERBS-2025: Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish bo‘yicha texnik salohiyatni rivojlantirish xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga va maqolalaringizni taqdim etishga taklif qilamiz. Asosiy yo‘nalishlar:1-bo‘lim: Binolar va inshootlarning konstruktiv va seysmik xavfsizligi, zamonaviy hisob-kitob va loyihalash usullari.2-bo‘lim: Madaniy meros ob’ektlarining seysmik barqarorligini aniqlashning zamonaviy usullari.3-bo‘lim: Zamonaviy arxitektura, energiya tejovchi qurilish materiallari va texnologiyalar.4-bo‘lim: Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik va qurilish sohasida xorijiy meʼyoriy hujjatlarni qoʻllash istiqbollari.5-bo‘lim: Aholi yashash joylarida halokat xavfini kamaytirish va boshqarishda geografik axborot tizimlarining (GIS) roli. MUHIM MA’LUMOTLARKonferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.Plenar ma’ruzalar (20 daqiqa)…

Continue ReadingXalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun maqolalar qabul qilinadi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli talabalar! Universitetimiz hududida samokatlarni ijaraga berish xizmati yo'lga qo'yilmoqda. Shu munosabat bilan, samokatlar uchun maxsus xizmat ko'rsatish jamoasiga iste'dodli va mas'uliyatli yoshlarni qabul qilish boshlandi! Jamoamizga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha talabalar kerak: Texnik xizmat ko'rsatuvchi talaba Dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi talaba Texnik qo'llab-quvvatlash markazi uchun talaba Nomzodlar uchun qo'yiladigan talab va vazifalari haqida batafsil Tanlovdan o'tgan talabalar Universitetning 10 ballik sertifikati bilan taqdirlanadi! Shoshiling, joylar soni cheklangan! Ariza topshirish uchun ushbu FORMAni to'ldiring. Texnologiyalarni rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shing va tajriba orttiring!

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

TTPU TALABALARI DIQQATIGA!

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Al-Xorazmiy haykalini "3D projection mapping" texnologiyasi orqali jonlantirish loyihasi"ni e’lon qiladi! Mazkur loyiha, Al-Xorazmiy haykaliga maxsus texnologik usul yordamida animatsion video tasvirini proyektor yordamida proyeksiyalash orqali amalga oshiriladi. Bu nafaqat texnologik yangilikni o‘rganishga yordam beradi, balki ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyiha g‘olibi Universitetning 10 ballik sertifikati bilan taqdirlanadi! Loyida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldiring:Link Ariza topshirish muddati: 30.11.2024 Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 (90) 330-55-00

Continue ReadingTTPU TALABALARI DIQQATIGA!