TTPU da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2022 yilning 14 iyul kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti xodim, professor o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda, Olmazor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shamsiddin Amonov ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ahamiyati, dolzarbligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddalariga tuzatishlar, shuningdek 6 ta yangi moddalarning kiritilishi nazarda tutmoqda.Tadbir davomida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollarga javob oldilar.