Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida yangi o’quv binosi ochildi
2021-yil 16-mart kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining yangi zamonaviy innovatsion binosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimini rasmiy tarzda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Musayev Behzod Anvarovich va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Toshkulov Abduqodir Hamidovich talabalar va xodimlarni yangi binoning ochilishi munosabati bilan tabriklab, o'z nutq so’zlari bilan boshlab berdilar. "12 yil davomida mamlakat iqtisodiyotining turli sohalariga, avtosanoatimizning rivojlanishiga yetuk kadrlarni tayyorlashda juda yaxshi xizmat qilayotgan, bundan tashqari, yangi joriy qilinayotgan kredit-modul tizimini na’muna sifatida yo'lga qo'yib borayotgan, Italiyadagi bosh universitet bilan birgalikda doimiy asosda mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ygan Toshkent shahridagi Turin Politexnika…