TTPUda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi
2026-yil 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (NQAAE), Yevropa muhandislik ta’limini akkreditatsiya qilish tarmog‘i (ENAEE), Markaziy Osiyo ta’lim sifatini ta’minlash federatsiyasi (CAF), Markaziy Osiyo ta’limni akkreditatsiya qilish assotsiatsiyasi (CAAAE) hamda Toshkent shahar muhandislik ta’limi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda bitiruvchilarning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini…