Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Toshkentdagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 10 noyabr kuni, Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Oʼzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Oripov boshchiligida Oʼzavtosanoat АK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulov va TTPU rektori Jamshid Inoyatxodjaev kutib oldi. Italiya delegatsiyasi tarkibi Italiyadagi Turin Politexnika universiteti rektori Gvido Sarakko, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Anita Tabakko va universitetning boshqa vakillaridan iborat bo‘ldi. Prezident tashrifining asosiy maqsadlaridan biri ustuvor yo‘nalishlarda, xususan, sanoat transformatsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash sanaladi. Bilim va tajriba almashish- doimo Italiya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikning asosi bo'lib kelgan, dedi Prezident Matarella o'zining rasmiy…