Harbiy soha uchun innovatsion qurilmalar
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan berilgan grant asosida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti muhandislari va talabalari tomonidan yaratilgan “Zirhli tulpor” robot-sapyori. "Zirhli Tulpor" robot majmuasi - portlovchi moslamalarni masofadan utilizatsiya qilish uchun mo'ljallangan. “Zirhli tulpor” telekameralar va maxsus qo‘shimchalar yordamida shubhali obyektlarni vizual tekshirish, qidirish va dastlabki tashxis qo‘yish uchun ishlatiladi. Zararsizlangan portlovchi qurilmalarni evakuatsiya qilish uchun majmua maxsus konteynerlar bilan jihozlangan. Robot potensial xavfli ob'ektlarga kirishni ta'minlash uchun texnologik operatsiyalarni bajarishda ham qo'llaniladi. Robot majmuasini boshqarish mavjud vaziyatga qarab ham kabel, ham radio orqali amalga oshiriladi. Robotning uzluksiz ishlash muddati ikki soatdan to'rt soatgacha. Tırtıl platformasi Zirhli Tulporga 250…