UzAuto kompaniyasi o‘z tarkibida loyihalshtirgan ko‘chma tibbiyot markazlarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi
Respublika rahbari tashabbusiga binoan “O‘zavtosanoat” tomonidan chekka hududlar aholisining kasalliklarini tashxislash va oldini olishga mo‘ljallangan tor yo‘nalishdagi uch turdagi ko‘chma tibbiyot markazlari loyihalashtirildi va ishlab chiqarildi. Ginekologik, urologik va umumiy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy ko‘chma tibbiyot markazlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan “KAMAZ” rusumli avtomashina va “Isuzu” avtobusi negizida yaratildi. Tibbiyot markazlarida mammologik, ultratovush va boshqa tekshiruvlar uchun zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi O‘zbekistonning eng chekka hududlarida tor mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratadi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda tibbiy xizmat ko'rsatish darajasini yaxshilash va mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholining hayot sifatini yaxshilash bo'yicha katta ishlar amalga…