2025-yil 6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mintaqaviy miqyosdagi muhim voqea — “Take Off Startup Summit” xalqaro vebinari bo‘lib o‘tdi.









Tadbirda Universitet rektori Olimjon To‘ychiyev, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Begzod To‘xtamurodov, Innovatsion rivojlanish agentligi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Ilhamov, OTMlar Yoshlar akademiyasi liderlari, TTPU talabalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Vebinar davomida ishtirokchilarga “Take Off Startup” sammiti doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlar — jumladan, $1 millionlik investitsiya jamg‘armasi, xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar, real startap muvaffaqiyat hikoyalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha dolzarb mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.
Mazkur sammitning O‘zbekistondagi birinchi rasmiy akademik hamkori sifatida TTPU ushbu platforma orqali mamlakat startap ekotizimini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.