You are currently viewing YUNESKO delegati O‘zbekistonning madaniy boyliklari bilan tanishtirildi

YUNESKO delegati O‘zbekistonning madaniy boyliklari bilan tanishtirildi

2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrga qadar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ko‘plab xalqaro delegatsiyalar, jumladan Tunis Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili, Parijdagi elchisi, tajribali diplomat janob Dhia Khaled ham faol ishtirok etmoqda.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov elchi janoblarini samimiy kutib oldi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbir doirasida janob Dhia Khaled Samarqandning tarixiy me’moriy yodgorliklarini ziyorat qildi. Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi va boshqa obidalar bilan tanishgan elchi O‘zbekistonning betakror madaniy merosi, xalqimizning nozik didi va mehmondo‘stligidan chuqur hayratda qolganini ta’kidladi. U mazkur ziyorat nafaqat boy tarix bilan tanishish, balki xalqimiz ruhiyatini his qilish imkonini berganini alohida e’tirof etdi.