

2025-yil 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Singapur xalqaro maktabi o‘rtasida yangi ta’lim hamkorligi doirasida maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Hamkorlik “NCC Education” ta’lim tashkilotining Level 3 International Foundation Diploma dasturini o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu dastur o‘quvchilarga xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorgarlik ko‘rish va keyinchalik oliy ta’limni mamlakatimiz yoki xorijdagi yetakchi universitetlarda davom ettirish imkonini beradi.
Tadbirda TTPU prorektori B.Yoqubov hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim mutaxassisi X.Nurmuxamedov ishtirok etib, dastur mazmuni, ta’lim jarayoni va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar va ota-onalarning savollariga javob berildi hamda o‘qishga qiziqish bildirgan nomzodlar bilan uch tomonlama shartnomalar imzolandi.