TTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Elektrofizika va axborot texnologiyalari ilovalari 2024 – (International Conference on Electrophysics and Information Technology Applications 2024) bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Gibrid formatda (offlayn va onlayn) tashkil etilgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo‘llash va axborot texnologiyalari ilovalar, quvvat aktivlarini boshqarish, quvvat IoT va sensorlar va aqlli elektr inshooti kabi mavzularga oid 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muhokama qilindi. Konferensiya Koreya Elektrotexnika muhandislar instituti (Korean Institute of Electrical Engineers) tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad - sohaga oid ilg‘or gʻoyalar,…