Oʻzbekiston va Italiya: taʼlim, fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent shahridagi Turin politexnka universiteti rektori O.To‘yichiyev va Turin shahri meri Stefano Lo Russo boshchiligidagi Italiya delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev universitet va Italiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. Turin politexnika universitetining Italiyadagi bosh kampusida o‘zbek talabalariga alohida yotoqxona ajratish, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida inkubator markazini tashkil etish hamda talabalarning Italiya…

Continue ReadingOʻzbekiston va Italiya: taʼlim, fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Nukus filialiga tashrif buyurib, STEM fanlariga qiziqishni oshirish hamda o‘quvchilarni kelgusida muhandislik sohasida oliy ta’lim olishga ilhomlantirish maqsadida uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev, "Mashinasozlik va Aerokosmik muhandisligi" kafedra mudiri Jasurxo‘ja Xolxo‘jaev, Marketing va karyerani rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Toirxo‘ja Maxamatxo‘jayev, TTPUning qoʻshma ta'lim dasturi - AKITA menejeri Furqat A’zimov, shuningdek, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Marat Ibraimov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar grantlar, stipendiyalar, yozgi maktablar va TTPUda ta’lim olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuv yakunida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida qiziqarli o‘yinlar o‘tkazilib, faol qatnashgan…

Continue ReadingQoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab”ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 10-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Koreya Milliy transport universiteti hamkorligida tashkil etilgan Sunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab” yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Ta’limni rivojlantirish markazi mutasaddilari hamda Janubiy Koreyaning Koreya Milliy transport universiteti vakillari, “Qishki maktab”da qatnashgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Ta’kidlash lozimki, 6–10-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda koreyalik mutaxassislar tomonidan Toshkent shahridagi 12 ta maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari va Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilariga sunʼiy intellekt va robototexnika asoslari oʻqitildi.   Bunda oʻquvchilar sunʼiy intellekt…

Continue ReadingSunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab”ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

TTPUda Sunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab” ochilish marosimi boʻlib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qarorida taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, taʼlim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish boʻyicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Janubiy Koreyaning Milliy transport universiteti bilan hamkorlikda Koreya taʼlim vazirligining granti asosida maktablarning yuqori sinflarida 2026-2030 yillarda informatika va axborot texnologiyalari fani doirasida Sunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha ODA grant loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan, joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Janubiy Koreyaning Milliy transport universiteti (KNUT) hamkorligida Sunʼiy intellekt va…

Continue ReadingTTPUda Sunʼiy intellekt va robototexnika asoslarini oʻrgatish boʻyicha “Qishki maktab” ochilish marosimi boʻlib o’tdi

“Graduation Ceremony – 2024” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Graduation Ceremony - 2024” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna, Nobel mukofoti laureati Rae Kwon Chung, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori To‘ychiyev Olimjon Alijonovich, Italyan prorektorlar Alberto Sapora va Stefano Paolo Pastorelli kabi nufuzli mehmonlar, shuningdek, TTPU hamda Politecnico di Torino professor-o‘qituvchilari, universitet bitiruvchi talabalari va ularning oila a’zolari, do‘stlari ishtirok etdi. Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, mehmonlar birin-ketin so‘zga chiqib, bitiruvchi-talabalarga kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladilar. Bitiruvchilarga…

Continue Reading“Graduation Ceremony – 2024” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

“SMM va prodakshn” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tajribali prodyuser, SMM va IT loyihalari koordinatori Nodira Muminovaning "SMM va prodakshn" mavzusidagi mehmon ma'ruzasi bo'lib o’tdi. Ushbu tadbirda TTPU talabalari SMMdagi zamonaviy trendlar, amaliy keyslar va muvaffaqiyatli SMM jamoasini yaratish va boshqarish uchun zarur strategiyalar bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Shuningdek, Nodira Muminova talabalar bilan o'zining raqamli marketing sohasidagi ajoyib karyerasini shakllantirgan muhim qadamlar va tajribalari bilan o’rtoqlashdi.

Continue Reading“SMM va prodakshn” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi

TTPU rektori ochiq muloqot forumida spiker sifatida ishtirok etdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-noyabr kuni "Zakovat arena"da “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida fan va ta'lim yo'nalishi bo'yicha ochiq muloqot forumi bo'lib o'tdi. Yoshlar va mutaxassislar o'rtasida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Shaxnoza Joldasova, "Robocode" robototexnika akademiyasi asoschisi Abdulaziz Yakubov, jurnalist Sarvarbek Bahodirov, xalqaro toifadagi o'qituvchi, auditor, buxgalter Ne'matullo Zuvaydullayev ishtirok etdi. Olimjon To'ychiyev o'z nutqida turli sohalarda sun'iy intellektning ahamiyati va uni ta'lim tizimiga joriy etilishi, xususan, TTPUda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va talabalarning bu sohadagi yutuqlari haqida batafsil ma'lumot berdi. Tadbirda sun'iy intellektning bugungi kunda qo'llanilish sohalari, kelajakdagi…

Continue ReadingTTPU rektori ochiq muloqot forumida spiker sifatida ishtirok etdi

TTPUda tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 12-13-noyabr kuni “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (05.09.01)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (05.01.08)”, “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (05.01.07)”, “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish (05.08.06)” va “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (01.01.05)” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon natijalariga ko‘ra, saralab olingan munosib nomzodlarni tabriklaymiz va ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Continue ReadingTTPUda tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari o‘tkazildi

TTPUda “Ota-onalar forumi” bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 9-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1-bosqich talabalar ota-onalari uchun majlis bo'lib o'tdi. TTPU rektori O.To'ychiyev, prorektor, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar ishtirokida bo'lib o'tgan ushbu yig'ilishda Universitet vakillari tomonidan talabalarning dars jarayonlari qanday tashkil etilgani, LMS ta'lim platformasi orqali fanlarni o‘zlashtirish va vazifalarni bajarish tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ota-onalarga talabalarning kundalik o‘quv jadvali, baholash mezonlari va akademik yordam xizmatlari haqida so‘z yuritildi.

Continue ReadingTTPUda “Ota-onalar forumi” bo’lib o’tdi

TTPU yashil kelajak sari

Bugun, 9-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida umumrespublika marafoniga start berildi. “Yashil makon” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tayotgan mevali, manzarali va buta ko'chatlarini ekish jarayoni butun respublika bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda. Xususan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ko'kalamzorlashtirish tadbiri ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Unda TTPU rektori O.To'ychiyev boshchiligidagi universitet jamoasi hamda talabalari faol ishtirok etib, TTPU hududida 150 ta tup manzarali daraxt ko'chatlarini o'tkazdi.

Continue ReadingTTPU yashil kelajak sari

Turin Startap Akseleratsiyasi dasturining ilk uchrashuvi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida dastur doirasida ilk uchrashuv o‘tkazildi. Unda Ecomobile Group kompaniyasining texnik direktori Nazar Avezov va universitet talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida startap akseleratsiya dasturining maqsad va yo‘nalishlari, ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur dastur orqali talabalarda kelajakdagi tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, ularning o‘z startap g‘oyalarini tijoratlash bosqichigacha olib kelishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Continue ReadingTurin Startap Akseleratsiyasi dasturining ilk uchrashuvi bo’lib o’tdi

Ostrava texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaydi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Chexiya Respublikasining Toshkentdagi elchisining o'rinbosari janob Daniel Geler, Chexiyaning Ostrava texnika universiteti rektori Vatslav Snasel va professori Vitezslav Stiskalalar tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlarni Universitet faoliyati, xususan, ilmiy tadqiqot natijalari hamda talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlanmar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, tashkil etilgan uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkash masalalari muhokama qilinib, talabalar almashinuv dasturini birgalikda tashkil etishga kelishib olindi va hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Continue ReadingOstrava texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaydi

Turin Politexnika Universiteti talabalari diqqatiga!

  • Post category:Yangiliklar

Biz Turin Startup Accelerator (tsa) – innovatsion va ekologik toza loyihalarni qo'llab-quvvatlovchi dastur ishga tushirilishini e'lon qilamiz. Agar sizda atrof-muhitni yaxshilash g'oyasi bo'lsa va uni hayotga tatbiq etishni istasangiz, bu sizning imkoniyatingiz. Maqsadlar:🔺Barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlash va atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish.🔺Tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish va biznes bo'yicha treninglar o'tkazish.🔺Moliyaviy, yuridik, patent va buxgalteriya yordamini taklif qiling.🔺Bo'lajak muhandis va dizaynerlarni kutib olib, texnologiyaga e'tibor qarating. Foydalar:🔺Eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirish🔺Mutaxassislardan maslahat🔺Patent va huquqiy himoya🔺Psixologik yordam📅 Kun & Vaqt: 5 noyabr (bugun) soat 16.00 da📍 Manzil: TTPU, Grey hall

Continue ReadingTurin Politexnika Universiteti talabalari diqqatiga!

TTPU rektori “Muhandislik kasbiga jalb qilish va uning kelajakdagi istiqbollari” mavzusida maʼruza qildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29-oktabr kuni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasida TTPU rektori “Muhandislik kasbiga jalb qilish va uning kelajakdagi istiqbollari” mavzusida maʼruza qildi Unda Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Maxkamov Otabek Muxtarovich, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Toʻychiyev Olimjon Alijonovich, shuningdek mahalliy OTMlar rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum direktorlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Tadbirni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik O.Salimov kirish soʻzi bilan ochib berib, soʻzni maʼruzachilarga berdi. Vazir oʻrinbosari O.Maxkamovning “Professional taʼlim tizimini modernizatsiya qilish” mavzusidagi maʼruzasidan soʻng, TTPU rektori O.Toʻychiyev bugunning muhandislari ilm-fan…

Continue ReadingTTPU rektori “Muhandislik kasbiga jalb qilish va uning kelajakdagi istiqbollari” mavzusida maʼruza qildi

Yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha davra suhbati bo’lib o’tdi

Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari podpolkovnik Baxramov Akmal Abdulxayevich, podpolkovnik Aydarov Arman Agzamxanovich, TTPU rahbariyati va 300 ga yaqin talabalari ishtirok etdi. 💠Tadbir davomida narkotik va psixotrop moddalar isteʼmoli turli yomon oqibatlarga olib kelishi, diniy aqidaparastlik va ekstremistik oqimlariga kirmaslik, kiberjinoyatchilar tuzogʻiga tushib qolmaslik, xususan, shaxsiy maʼlumotlarni begona insonlarga taqdim etmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turi xil qimor oʻyinlarida ishtirok etmaslik haqida soʻz bordi va yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan shu kabi huquqbuzarlik va jinoyatlarni video materiallar bilan…

Continue ReadingYoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha davra suhbati bo’lib o’tdi

TTPUda Erasmus+ klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO) 2024 yil 25-oktyabr kuni Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti, Oliy ta’lim tslohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Erasmus+ klaster uchrashuvi CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta'siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster Uchrashuvi o'tkazildi. Tadbir avvalida mehmonlar uchun TTPU bo'ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyatini yaqindan tanishtirildi. Uchrashuvda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha…

Continue ReadingTTPUda Erasmus+ klaster uchrashuvi bo’lib o’tdi

TTPUning “Arxitektura va dizayn” yo’nalishi talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 14-oktabr kuni oʻquv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Arxitektura va dizayn” yoʻnalishi 2-bosqich talabalari uchun “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan ekskursiya o'tkazildi. Mazkur ekskursiya davomida talabalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi binosining qurilish jarayoni, xususan, binodagi konstruktiv va kommunikatsion tizimlar joylashuvi, har bir qavatdagi xonalar oʻlchamlari, ulardagi demontaj ishlari hamda binoning interyer va eksteryer render koʻrinishlari bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, ular prorab, quruvchilar bilan suhbatlashib, nafaqat ilmiy-amaliy maslahatlar olishdi, balki oʻzlarining kasbga oid dolzarb savollariga javob olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Ekskursiya soʻngida TTPU talabalari "Enter Engineering" kompaniyasi vakillari tomonidan restavratsiya ishlari tamomlangandan soʻng…

Continue ReadingTTPUning “Arxitektura va dizayn” yo’nalishi talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

  • Post category:E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-4477-son, 2022-yil 19-dekabrdagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-443-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yaqinda Erasmus+ CBHE "Sphere- Sustainable transportation within a framework of a green deal" Yevropa loyihasining faol ishtirokchisiga aylandi. Shu munosabat bilan, loyihani amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 1-jadvalda ko‘rsatilgan laboratoriya uskunalarini xarid qilish uchun tender e’lon qiladi. Jadval 1 Kerakli jihozlar ro‘yhati Turi(jihoz yoki dasturiy ta’minot)Tovar nomiSoniJihozVBOX 3i dual antenna- Industry standard data logger1JihozBrake trigger/ Pedal force sensor1JihozBrake temperature monitoring system1JihozInertial…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

TTPU va Kyungil universiteti o’rtasidagi o’zaro hamkorlik mustahkamlandi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, 2-4-oktabr kunlari Inno innovatsion ishlab chiqarish texnoparkida bo'lib o'tayotgan Koreya-O'zbekiston sanoat - akademiya, innovatsiyalar haftaligi doirasida "Ajin Group" kompaniyasi raisi Sea Jungho va Kyungil universiteti prezidenti Hyun-Tae Chung boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, TTPU rektori Olimjon To'ychiyev mehmonlarga universitet bo'ylab ekskursiya tashkil etib, universitet talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, TTPUning o'quv va ilmiy yutuqlari bilan tanishtirdi. Mazkur uchrashuv doirasida avtomobilsozlik, muhandislik sohalarida 2+2 ta'lim dasturini tashkil etish, qo'shma ilmiy tadqiqotlarni olib borish va talabalarni stajirovkaga yuborish bo'yicha masalalar muhokama qilinib, ushbu yo'nalishlar bo'yicha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Kyungil universiteti o'rtasida…

Continue ReadingTTPU va Kyungil universiteti o’rtasidagi o’zaro hamkorlik mustahkamlandi

“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash oyligi” doirasida universitet talabala yoshlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 2-oktabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash oyligi" doirasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari U.J.Karimov, unversitet proflaktika katta inspektori podpolkovnik Sh.Yusupov, katta leytenant O.F.Ismoilova, dekan o`rinbosari A.Azizxodjayev, Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.S.Nabixanova, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida mas'ullar tomonidan giyohvandlik va psixhotrop moddalarning noqonuniy muomalasi va iste'mol qilishning og'ir oqibatlari tushuntirildi.

Continue Reading“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash oyligi” doirasida universitet talabala yoshlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi