TTPU bitiruvchisi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

  • Post category:Yangiliklar

TTPU bitiruvchisi Shahbozbek Abdunabiev Politecnico di Torino (Italiya) professori Daniella Tordella ilmiy rahbarligida "Radiozonde klaster tarmog‘i: atmosfera bulutlari ichidagi lagranj tebranishlarini kuzatish uchun yangi yondashuv" mavzusida PhD dissertatsiyasini Politecnico di Torino (Italiya)ning Amaliy fanlar va texnologiyalar kafedrasida muvaffaqiyatli himoya qildi.

Continue ReadingTTPU bitiruvchisi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

TTPU va Swift Launch kompaniyasi o’rtasida tuzilgan memorandumga asosan Biznes inkubator dasturi tashkil etilmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 17-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Swift Launch jamoasi tomonidan talabalar uchun startapning ahamiyati va tadbirkorlik yo'li haqidagi ma'ruza bo'lib o'tdi. Tadbirda Oʻzbekistonning sobiq elchisi, "UZVC" milliy venchur jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi raisi Dr. Alisher Shayxov mehmon spiker sifatida ishtirok etdi. TTPU rektori O.To'ychiyev kirish so'zi bilan ochib bergan mazkur tadbir startap va innovatsiyalarga qiziquvchi talabalar uchun manfaatli bo'lib, unda talabalar qanday qilib o'z biznesini yo'lga qo'yishi mumkinligini, g'oyalar muvaffaqiyatli loyihalarga aylanishi, shu bilan birga TTPU va Swift Launch kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan biznes-inkubatorining imkoniyatlari va tartibi haqida ma'lumot berildi.

Continue ReadingTTPU va Swift Launch kompaniyasi o’rtasida tuzilgan memorandumga asosan Biznes inkubator dasturi tashkil etilmoqda

Turkiya prezidenti ma’muriyati vakillari TTPUga tashrif buyurishdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18-oktabr kuni Turkiya Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Universitet vakillari mehmonlar uchun universitet bo'ylab tur uyushtirib, TTPU faoliyati haqida ma'lumot berdi. Shu jumladan, talabalar ishlanmalarini ko'rsatish va o'quv dars jarayonlari bilan tanishtirish mobaynida mehmonlar talabalar bilan suhbatlashib, Universitet salohiyati yuqoriligini, o'zbek iqtidorli yoshlarining soni ortib borayotganini ta'kidladi va ularni 19-oktabr kuni Hyatt Regency mehmonxonasida bo'lib o'tadigan "Talent for BIZ" mehnat yarmarkasiga taklif etdi.

Continue ReadingTurkiya prezidenti ma’muriyati vakillari TTPUga tashrif buyurishdi

Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi direktor o’rinbosari TTPU ga tashrif buyurdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 16-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi direktor o'rinbosari Chjou Yuan boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a'zolarini TTPU rektori Olimjon To'ychiyev kutib olib, ularga universitet bo'ylab tur tashkil etdi. Tur davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. So'ngra o'tkazilgan uchrashuv davomida TTPU rektori O.To'ychiyev tomonidan universitetning salohiyati va kelajakdagi rejalari haqida ma'lumot berilib, Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi faoliyati haqidagi taqdimot tinglandi hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv so'ngida, kelgusida ikki tomonlama anglashuv memorandumini imzolash hamda fan va texnologiyalar yo'nalishlarida hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib olindi.

Continue ReadingXitoy Xalq Respublikasining Shanxay fan va texnologiyalar almashinuvi markazi direktor o’rinbosari TTPU ga tashrif buyurdi