TTPUning hududlar rivojiga bevosita aloqador ilmiy loyiha + amaliy natija + OAV/veb/ijtimoiy tarmoqdagi yoritilishi

  • Post category:E'lonlar

№Ilmiy loyiha / yechimHududiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiMavjud material va havola1W4GC — Water for Growing CitiesSuv resurslarini samarali boshqarish, shaharlarda suv-neytral hudud modeli, yomg‘ir suvini yig‘ish, yashil tom va devorlar, IoT texnologiyalaridan foydalanish kabi yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Markaziy Osiyo shaharlarida suv ta’minoti, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi muammolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. TTPU loyihasiga professor D. Nazarova rahbarlik qiladi. Loyiha “O‘zbekiston–Italiya” qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovida g‘olib bo‘lgan. (Telegram)Hududlarda suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun ilmiy yechim.TTPUning loyiha haqidagi rasmiy Telegram posti Politecnico di Torino — W4GC loyihasi haqida2“O‘zbekistonda transport vositalarini gibridlashtirish”Ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga elektr dvigateli va gibrid tizimlarini integratsiya qilish orqali yonilg‘i sarfi…

Continue ReadingTTPUning hududlar rivojiga bevosita aloqador ilmiy loyiha + amaliy natija + OAV/veb/ijtimoiy tarmoqdagi yoritilishi

📢O‘zbekiston standartlar institutida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda

  • Post category:E'lonlar

Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot va amaliy tavsiyalar olish imkoniyati mavjud:*️⃣ta’lim va rivojlanish - malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurslari;*️⃣hamkorlik - texnik qo‘mitalarga a’zolik imkoniyatlari;*️⃣ekspertiza - standartlarni professional ekspertizadan o‘tkazish;*️⃣ilm-fan - standartlashtirish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar;*️⃣sinov va tizimlar - mahsulotlar sinovi hamda menejment tizimlarini joriy etish;*️⃣tadbirkorlarga ko‘mak - muvofiqlikni baholashda amaliy va uslubiy yordam. Tadbir ishtirokchilarga sohadagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro standartlar, me’yoriy-huquqiy o‘zgarishlar hamda mahsulot va xizmatlar sifati bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan malakali mutaxassislardan javob olish imkonini beradi. 📅 Sana: 17-sentabr, 2026-yil⏰ Vaqt: 10:00–13:00📍 Manzil: Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9V-uy, 2-qavat, majlislar zali. 15-sentabr kun 747-TPU-sonDownload

Continue Reading📢O‘zbekiston standartlar institutida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda

TTPUda xalqaro yozgi maktab — “Summer School Uzbekistan 2026”!

  • Post category:E'lonlar

2026-yil 2–16-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Germaniyaning Kempten amaliy fanlar universiteti hamkorligida “Summer School Uzbekistan 2026” xalqaro yozgi maktabi tashkil etilmoqda. Dastur O‘zbekiston va Germaniya talabalari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish, ularni Markaziy Osiyoning iqtisodiy, texnologik va madaniy salohiyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. Dastlabki ma’ruzalar Industry 4.0, turizm va madaniy meros hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. 🏭 Industry 4.0 va zamonaviy ishlab chiqarish Dastur doirasida ishtirokchilar UzAuto Motors Powertrain korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar va sanoat jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar uchun: 🔹 “Design-to-Part” yondashuvi;🔹 loyiha boshqaruvi;🔹 avtomatlashtirish tizimlari;🔹 gidravlika va pnevmatika…

Continue ReadingTTPUda xalqaro yozgi maktab — “Summer School Uzbekistan 2026”!

📖 Jadid adabiyotining durdona asarlari elektron va audio kitoblarshaklida tayyorlandi.

  • Post category:E'lonlar

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasitomonidan milliy adabiyotimiz va ma’rifatparvarlik tarixida alohida o‘rin tutuvchi quyidagi durdona asarlar zamonaviy audiovizual formatda tayyorlanib, “Mutolaa” platformasiga joylashtirildi. 👧“O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy)👧“Kecha va kunduz” (Abdulhamid Cho‘lpon)👧“Qatlnoma” (Nabijon Boqiy)👧“Hind sayyohining qissasi” (Fitrat)👧“Abulfayzxon” (Fitrat)👧“Jinlar bazmi” (Abdulla Qodiriy)👧“Turkiy guliston yoxud axloq” (Abdulla Avloniy)👧“Eski maktab” (Sadriddin Ayniy)👧“Bir vafolik zaifaning xususida” (Behbudiy)👧“Odob-axloq kitobi” (Munavvarqori Abdurashidxonov) 🎧 Mazkur loyihalar orqali jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lidagi mashaqqatli kurashi, xalq ozodligi va millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi bugungi yosh avlodga ta’sirchan va zamonaviy usulda yetkazilmoqda.

Continue Reading📖 Jadid adabiyotining durdona asarlari elektron va audio kitoblarshaklida tayyorlandi.