TTPU talabalari uchun yangi imkoniyat!

  • Post category:E'lonlar

2024/2025 o'quv yilidan quyidagi yo'nalishlar uchun Toshkent shahridagi Turin poltexnika universitetining "Universitet ballari" tizimi joriy etildi: Bakalavriat yo‘nalishlari bo'yicha:Dasturiy ta’minot muhandisligiArxitektura va dizaynBiznes boshqaruvi - MenejmentAvtomobil muhandisligiAviatsiya muhandisligi Magistratura bo'yicha:“Axborot va aloqa muhandisligi”“Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish”“Biznes boshqaruvi magistri - MBA” ⏺Mazkur tizim talabalarning ta'lim muassasasi rivoji uchun qo'shgan hissasi va Universitet tomonidan e'lon qilingan turli loyihalardagi faolligini munosib baholash uchun yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, endilikda TTPU talabalari 1 balldan 10 ballgacha bo‘lgan sertifikat bilan e’tirof etilishi mumkin. ✅ Ushbu to'plangan ballarni talaba ma'lum bir fandagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qo‘shishi mumkin. Batafsil ma'lumot

Continue ReadingTTPU talabalari uchun yangi imkoniyat!

Aziz yoshlar, endi o‘z iqtidorlaringizni namoyish qilish vaqti keldi!

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida IT Skills.uz platformasi taqdimoti bo'lib o'tadi. ITSkills - bilim va amaliy ko'nikmalarni real vaqtda baholagan (Real-time coding challenge) holga, iqtidorli yoshlarni kelajakda ish bilan ta'minlab berishga mo'ljallangan platforma. Bilimingizga ishonasizmi? Unda taqdimotda platforma testlaridan o'tib ko'ring. Sana va vaqti: 28-noyabr, soat 14:30 Joy: TTPU, Yellow hall Tadbir davomida eng faol va iqtidorli talabalar ITIC sovg'alariga ega bo'ladilar!

Continue ReadingAziz yoshlar, endi o‘z iqtidorlaringizni namoyish qilish vaqti keldi!

Shaxmat ixlosmandlari va matematikaga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shaxmat sporti bo'yicha turnir va matematika fanidan olimpiada o'tkaziladi. Shaxmat musobaqasida, ishtirokchilar xalqaro toifadagi grossmeyster, TTPU talabasi Nodirbek Abdusattorovga qarshi shaxmat donalarini surish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Matematika olimpiadasi Testbor.uz platformasida o'tkazilib, sun'iy intellekt tomonidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi asosida tuzilgan qiziqarli savollarni o'z ichiga oladi. Tadbir doirasida maktabning matematika va fizika fani o'qituvchilari uchun o'quvchilarning fanlardagi o'zlashtirish darajasini monitoring qilib boruvchi yangi platforma - Testbor.uz ning taqdimoti bo'lib o'tadi. Sana va vaqti: 30-noyabr, soat 10:00 Joy: TTPU, Axborot resurs markazi

Continue ReadingShaxmat ixlosmandlari va matematikaga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

  • Post category:E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-4477-son, 2022-yil 19-dekabrdagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-443-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yaqinda Erasmus+ CBHE "Sphere- Sustainable transportation within a framework of a green deal" Yevropa loyihasining faol ishtirokchisiga aylandi. Shu munosabat bilan, loyihani amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 1-jadvalda ko‘rsatilgan laboratoriya uskunalarini xarid qilish uchun tender e’lon qiladi. Jadval 1 Kerakli jihozlar ro‘yhati Turi(jihoz yoki dasturiy ta’minot)Tovar nomiSoniJihozVBOX 3i dual antenna- Industry standard data logger1JihozBrake trigger/ Pedal force sensor1JihozBrake temperature monitoring system1JihozInertial…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  Erasmus CBHE “Sphere: Barqaror transport “yashil bitimi doirasida” ” loyihasini amalga oshirish uchun laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida yangi qurilgan 5 qavatli bino ochilish marosimini tashkil etish uchun qurilish-ta`mirlash ishlari boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida qo’shimcha qurilish-ta`mirlash ishlari olib borish boʼyicha  quyidagicha: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 4 qavatli o`quv binosi  1-qavat koridor (yo`lak) qismi va foyesini ta`mirlanishi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida yangi qurilgan 5 qavatli binoga olib boruvchi yo’lak, talabalar dam olish joyi (besedka) va foye qismi.  Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining Talabalar turar joyi binosini 3-4 qavatlari va zinapoyalar qismi ta`mirlanishi Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kuni deb belgilanadi. Ilovada 1. Texnik shartlar. 2. Baholash meʼzonlari. 3. Ta`mirlanayotgan xonalarning interyer dizayni. Tenderda ishtirok etish uchun xujjatlar yopiq konvertda…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida yangi qurilgan 5 qavatli bino ochilish marosimini tashkil etish uchun qurilish-ta`mirlash ishlari boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

Magistratura bo‘yicha ko‘p beriladigan savollar

  • Post category:E'lonlar

Magistratura hujjatlarining topshirish muddati qachon tugaydi? 2024-yil 31-avgust. Magistraturada qanday mutaxassisliklar mavjud? “Axborot va aloqa muhandisligi”, “Tarixiy obidalarni restavratsiya qilish”, “Biznesni boshqarish (MBA)”. Magistraturada necha yil o‘qiladi? 2 yil. Magistraturada kontrakt narxi qancha? “Axborot va aloqa muhandisligi” - 22 000 000; “Tarixiy obidalarni restavratsiya qilish”- 15 000 000; “Biznesni boshqarish (MBA)” – 22 000 000. Magistraturaga hujjatlarni topshirish tartibi qanday? Faqat onlayn. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sayti (https://qabul.turin.uz/) orqali ro‘yxatdan o‘tiladi va saytda ko‘rsatib o‘tilgan tegishli hujjatlar yuklanadi. Magistraturaga qanday hujjatlar talab qilinadi?pasport nusxasi;bakalavr diplomi ilovasi bilan; 3x4 fotosurat; Til sertifikati (agar mavjud bo’lsa). Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi Bo‘yicha Magistraturaga qabul qay tarzda amalga oshiriladi?…

Continue ReadingMagistratura bo‘yicha ko‘p beriladigan savollar

2024-yilning 15-sentabridan tayanch doktoranturaga Davlat byudjeti asosida qabul boshlanishi bo‘yicha e’lon

  • Post category:E'lonlar

2024-yilning 15-sentabridan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga Davlat byudjeti asosida qabul boshlanishini e’lon qilamiz: 05.09.01 - Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (2 ta o‘rin); 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (3 ta o‘rin); 05.08.06 - G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (3 ta o‘rin); 01.01.05 - Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (1 ta o‘rin); 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (1 ta o‘rin). Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ta’lim…

Continue Reading2024-yilning 15-sentabridan tayanch doktoranturaga Davlat byudjeti asosida qabul boshlanishi bo‘yicha e’lon

2024 YIL UCHUN MAGISTRATURAGA QABUL OCHILDI

  • Post category:E'lonlar

Agar Siz Yevropa standartlariga javob beradigan bilim olishni istasangiz, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bu yerda siz o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarib, muhandislik va biznesni boshqarish sohasida zamon talablariga mos mutaxassis bo‘lishingiz mumkin. TTPUda har bir bo‘lajak mutaxassis uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni egallash uchun barcha imkoniyatlar mavjuddir.  Joriy oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalarni quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha magistraturada oʻqishni davom ettirishga chorlaydi: “Axborot va aloqa muhandisligi” (Information and Communication Engineering): Kvota: 25 •    “Tarixiy obidalarni restavratsiya qilish va saqlash” (Restoration and Conservation of Historical Monuments): Kvota: 25 ta…

Continue Reading2024 YIL UCHUN MAGISTRATURAGA QABUL OCHILDI

Turin olimpiadasida ishtirok eting

  • Post category:E'lonlar

Noutbuk yutib olib, muhandislik boʻyicha eng nufuzli universitetga imtihonsiz kirishni xohlaysizmi? Turin politexnika universitetining 15 yilligi munosabati bilan 11-sinf va litsey 2-kurs oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan respublika olimpiadasi tashkil etiladi. 🔆Sovrin: 🥇 1-o'rin: Noutbuk va TTPUga imtihonsiz kirish imkoniyati; 🥈 2-o'rin: TTPUga 3'000'000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati; 🥉 3-o'rin: TTPUga 2'000'000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati; 📆#turin_olimpiadasi 2 bosqichda boʻlib oʻtadi: 1-bosqich 13-aprel kuni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar online formatda;2-bosqich 27-aprel kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar TTPU binosida. 📌Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 🔗Olimpiada qoidalari bilan ushbu havola (https://turin.uz/olympiad-rules) orqali tanishib chiqing.…

Continue ReadingTurin olimpiadasida ishtirok eting

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo’yicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor

  • Post category:E'lonlar

Sharipov Alisher Kalbaevichning "Vodorod-benzin yonilg'isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash" mavzusidagi dissertatsiya ishini muhokamasi 2024 yil 16 aprel kuni soat 10.00 da onlayn (havola) va oflayn shaklida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida bo'lib o'tishini Sizga maъlum qilamiz. Masofaviy ishtirok etish uchun quyidagi xavola: https://us02web.zoom.us/j/83483790367?pwd=VzhwWHFBTmtESjZobms2TTdHUmVKdz09 Konferentsiya identifikatori: 834 8379 0367 Kirish kodi: 1111

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo’yicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

  • Post category:E'lonlar

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari2024 yilning18-22-fevral sanasiga qadar Italiyaning Politecnico di Torino universiteti rahbarlari bilan kelgusidagi oʻzaro hamkorlik rejalarini muhokama qilish va “CARS” ilmiy-tadqiqot markazida elektromobillar boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqotlar bilan tanishish hamda “IVECO Trucks” korxona vakillari va ishbilarmon doiralari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.A.To'ychiyev, Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi – T.F.Maxamatxo‘jayev bilan birga Italiya Respublikasiga xizmat safariga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari