Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil dekabrь oyida Koreya Respublikasiga tashrifi chogʼida, universitetlar oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish zarurligi taʼkidlangan edi. Bu borada, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Koreya Milliy Transport universiteti, hamda Koreya elektr muhandislari instituti bilan hamkorlikda ikki davlat oʼrtasida energetika va АKT sohasida ilgʼor xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish boʼyicha kelishuvga erishdi.…