Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “TASHKENT-SUSTAINABLE CITY” (TOSHKENT-BARQAROR SHAHAR”) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi Seminarning maqsadi - kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo‘yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek seminarda zamonaviy shahardagi transport va piyodalar logistikasi ham muhokama qilindi. Ma’ruzachilar o‘z bilimlar va tajribalari bilan bo‘lishib, murakkab muammolarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-muhandislik yechimlari, shahar logistikasi va innovatsion texnologiyalarga oid masalalarni muhokama qildilar. Mazkur tadbirni tabrik nutqi bilan Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi E.P. Agostina Pinna, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti…