TTPU delegatsiyasi Ispaniyada barqaror transport bo‘yicha treningda ishtirok etdi
2024-yilning 19–21-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) rektori To'ychiyev O.A. boshchiligidagi TTPU professor-o’qituvchilaridan iborat delegatsiya Ispaniyaning Madrid shahridagi Madrid Politexnika Universitetida o‘tkazilgan "Yashil bitim doirasida barqaror transport" mavzusidagi muhim treningda ishtirok etdi. Tadbir barqaror transport bo‘yicha innovatsion yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda ekspertlar, olimlar va soha mutaxassislari qatnashdi. Trening Madrid Politexnika Universitetining mashhur avtomobil tadqiqot instituti Universitet avtomobil tadqiqotlari institutiga (INSIA) tashrif bilan boshlandi. U yerda delegatsiya transport texnologiyalari bo‘yicha eng yangi yutuqlar bilan tanishishdi. Shuningdek, TTPU vakillari Madrid Politexnika Universitetining Telekommunikatsiya muhandisligi fakultetiga tashrif buyurilib, barqaror yechimlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlanmalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ikkinchi…