Qabul yangiliklari
Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar! Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga oid yangi tartiblar joriy etilganini ma’lum qilamiz. Quyidagi yangiliklar ochiqlik va adolat tamoyillarini ta’minlash hamda kelgusida tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida joriy etilgan: 🎓 1. Har bir imtihonda grant o‘rinlari ajratiladiEndilikda o‘tkaziladigan har bir kirish imtihoni bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga 5 tagacha grant o‘rni ajratiladi. Bu tartib barcha abituriyentlarga teng imkoniyat yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi. Eslatma: Agar bir nechta abituriyentlar bir xil eng yuqori ball to‘plagan taqdirda, testni eng qisqa vaqtda yakunlagan abituriyent ustunlikka ega bo‘ladi. Har bir o'taziladigan kirish imtihonida ishtirok etgan har 50…