“O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari”
22- aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov, yurtimizdagi OTM rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Italiyaning Politecnico di Torino rektori Stefano Paolo Corgnati va professor-o‘qituvchilari, xorijiy hamkor universitet vakillari, turli davlatlar elchixonalari vakillari, UzAvtosanoat tasarrufidagi korxona rahbarlari ishtirok etdi. Forumda mamlakatimizda muhandislarga talab ortib borayotgani va ushbu sohaga alohida e’tibor qaratish lozimligi, oliy ta'lim tizimida ilgʻor muhandislik maktablarini yaratish bugungi kunda dolzarb vazifalar qatorida ekanligi ta’kidlab o‘tildi, bu borada xorijiy mutaxassislar bilan…