TTPUda “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Tadbirga akademik, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Qodirov Savar Muqadirovich tashrif buyurib, talabalar bilan samimiy ochiq muloqot tashkil etildi.Tadbirni universitet rektori t.f.d, Jamshid Inoyatxodjaev kirish so‘zi bilan ochib berib, talabalarga yangi o‘quv yilida universitetda yaratilgan barcha shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda, ilm cho‘qqilarini egallashda faol bo‘lishlariga chaqirib qoldi va kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.So‘ng, Savar Muqadirovich, 2023 yilning yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinganligi, mamlakatimizda yosh avlod ta’lim…