Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda
Joriy yilning 27- aprel kuni, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Germaniya universitetlari va davlat idoralaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirda Tyuringiyaning iqtisodiyot, oliy ta’lim va raqamli masalalar bo‘yicha davlat kotibi boshchiligida Germaniyaning 6 ta universitetlari, Turingiya davlat idorasi, Germaniya iqtisodiyoti delegatsiyasi vakillari qatnashdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Turin universitetining texnoparki, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda TTPU va Germaniya universitetlari, o'z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan :• Turin politexnika universiteti va Germaniya universitetlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini…