O‘zbekistonda “Spektral optimallashtirish: matematikadan fizika va ilg‘or texnologiyalargacha/SOMPATY” HORIZON 2020 loyihasi
2019-yilda O‘zbekistonda ilk bor “HORIZON 2020” jamg‘armasining 48 oylik “Spektral optimallashtirish: matematikadan fizika va ilg‘or texnologiyalargacha/SOMPATY” HORIZON 2020 loyihasi amalga oshirish uchun grant olindi. Biroq pandemiya sababli loyiha kechiktirildi va 2021-yil dekabr oyida rasman ishga tushirildi. Loyihaning maqsadi zamonaviy optoelektronik tarmoqlar, nanoelektronik, nanomexanik qurilmalar asosidagi past o‘lchamli tuzilmalarda chiziqli bo‘lmagan to‘lqinlar, solitonlar va kvant kvazizarralarini tashishning matematik modellarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu modellarni funksional optimallashtirish maqsadida qo‘llashdan iborat. Ushbu loyihada Yevropa va Markaziy Osiyoning 7 davlatidan 10 dan ortiq ilmiy guruhlar ishtirok etmoqda. Loyiha fizika va amaliy matematika sohasida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq olimlarni birlashtirgan. E’tiborlisi, O‘zbekiston jamoasi ham…