Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bitiruvchisi PhD unvoniga ega bo’ldi.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tadqiqotchisi Jalolliddin Yusupov Italiyaning yetakchi muhandis olimlaridan tashkil topgan ixtisoslashgan kengashda o‘z dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va Kompyuter muhandisligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga loyiq deb topildi. Tadqiqotchining dissertasiyasi nusxalari Milan va Florensiya shaharlaridagi ilmiy kutubxonalariga joylashtirildi. Jalolliddin Yusupov 2013-yili Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tomonidan Italiyaning Politecnico di Torino universitetiga yuborilgan edi. Uning ilmiy izlanishlari italiyalik olimlarda qiziqish uyg‘otganligi sababli, uning PhD dissertatsiyasi uchun Italiya davlat granti ajratilgan edi. Imzolangan kelishuv asosida dissertatsiyaga Politecnico di Torino (Italiya) universitetidan professor Rikkardo Sisto, Eurecom (Fransiya) institutidan Adlen Ksentini ilmiy rahbar sifatida tayinlanishgan. Hozirda, Jalolliddin Yusupov Toshkent shahridagi…