Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ochilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

  • Post category:E'lonlar

2025-yil 12-noyabr, soat 14:00(o‘quv binoning 307-xonasi)Matematik analiz (01.01.01);Differensial tenglamalar va matematik fizika (01.01.02);Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (05.01.07). 2025-yil 13-noyabr, soat 15:00(administrativ binoning 303-AB xonasi)Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (02.00.12);Bioorganik kimyo (02.00.10).(o‘quv binoning 207-xonasi)Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (05.09.01);(o‘quv binoning 306, 307-xonalari)Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (05.01.08).(o‘quv binoning 303-xonasi)G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish (05.08.06);Yer usti majmualari va uchish apparatlari (05.02.08). 2025-yil 14-noyabr, soat 15:00(o‘quv binoning 307-xonasi)Menejment (08.00.13);Sanoat iqtisodiyoti (08.00.03). Barcha https://daraja.ilmiy.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar qatnashishlari so‘raladi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ochilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Litsey o‘quvchilari va ota-onalari forumi bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Forumda Universitet rektori Olimjon To‘ychiyev, professor-o‘qituvchilar, Italiyalik professorlar, litsey o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, o‘quv binolar, laboratoriyalar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ekskursiyadan so‘ng, TTPUda ta’lim olishning afzalliklari, akademik litsey o‘quvchilari uchun qabul tartibi va grant imkoniyatlari, shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy faoliyatdagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida esa ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilardan javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Continue ReadingJoriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Litsey o‘quvchilari va ota-onalari forumi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xorijiy OTMlar talabalari o‘rtasida qo‘shiq kuylash bo‘yicha ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Mazkur tanlov talabalarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish, jahon va milliy musiqiy merosni targ‘ib etishga xizmat qildi. 20 ga yaqin ishtirokchi 10 dan ortiq xorijiy OTM vakili sifatida O‘zbek va Jahon estradasi hamda mumtoz asarlarni ijro etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan tanlov natijasiga ko'ra quyidagi ishtirokchilar g'olib deb topildi:🥇 1-o‘rin — G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti jamoasi🥈 2-o‘rin — Shosaidov Javohir (TTPU)🥉 3-o‘rin — Djaxangirova Mubina (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) Tadbir yakunida g'olib va bir qancha nominatsiyalar bo'yicha o'zini ko'rsatgan ishtirokchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Continue Reading2025-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xorijiy OTMlar talabalari o‘rtasida qo‘shiq kuylash bo‘yicha ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

TTPUda “Take Off Startup Summit” vebinari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mintaqaviy miqyosdagi muhim voqea — “Take Off Startup Summit” xalqaro vebinari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Universitet rektori Olimjon To‘ychiyev, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Begzod To‘xtamurodov, Innovatsion rivojlanish agentligi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Ilhamov, OTMlar Yoshlar akademiyasi liderlari, TTPU talabalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Vebinar davomida ishtirokchilarga “Take Off Startup” sammiti doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlar — jumladan, $1 millionlik investitsiya jamg‘armasi, xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar, real startap muvaffaqiyat hikoyalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha dolzarb mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi. Mazkur sammitning O‘zbekistondagi birinchi…

Continue ReadingTTPUda “Take Off Startup Summit” vebinari o‘tkazildi

1-bosqichda tahsil olayotgan 15 nafar guruh sardorlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tyutori B.Norboyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.

  • Post category:Yangiliklar

Ekskursiya davomida talabalar majmuaning “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli ko‘rgazmasidagi noyob suratlar, portretlar va tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu tashrif yosh liderlarda nafaqat tarixiy tafakkurni shakllantirdi, balki ularda rahbarlik mas’uliyati, Vatanga sadoqat va fidoyilik kabi yuksak qadriyatlar haqida chuqur mushohada yuritishga undadi.

Continue Reading1-bosqichda tahsil olayotgan 15 nafar guruh sardorlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tyutori B.Norboyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.

YUNESKO delegati O‘zbekistonning madaniy boyliklari bilan tanishtirildi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrga qadar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ko‘plab xalqaro delegatsiyalar, jumladan Tunis Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili, Parijdagi elchisi, tajribali diplomat janob Dhia Khaled ham faol ishtirok etmoqda. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov elchi janoblarini samimiy kutib oldi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbir doirasida janob Dhia Khaled Samarqandning tarixiy me’moriy yodgorliklarini ziyorat qildi. Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi va boshqa obidalar bilan tanishgan elchi O‘zbekistonning betakror madaniy merosi, xalqimizning nozik didi va mehmondo‘stligidan chuqur hayratda qolganini ta’kidladi. U mazkur ziyorat nafaqat boy tarix bilan tanishish, balki xalqimiz…

Continue ReadingYUNESKO delegati O‘zbekistonning madaniy boyliklari bilan tanishtirildi

Future Builders Contest — NATIJALAR!

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qurilish muhandisligi yo‘nalishidagi talabalar o‘rtasida “Future Builders Contest” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida 50 dan ortiq ishtirokchi kichik jamoalarga bo‘linib, tayoqchalar yordamida ko‘priklar va minoralarni loyihalashtirdi hamda yig‘di. Bu jarayon talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni, balki ijodkorlik, jamoaviylik va tashabbuskorlikni sinovdan o‘tkazish imkonini berdi. Yakuniy bosqichda zilzilaga bardoshlilik hamda yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha o'tkazilgan maxsus sinovlar natijasiga ko'ra quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi: “Minora” yo‘nalishi g‘oliblari (zilzilaga bardoshlilik — 9 ball):ArcheTeamB-12 “Ko‘prik” yo‘nalishi g‘oliblari (yuk ko‘tarish — 150 kg):UnionGolden GateGolden Ratio Barcha ishtirokchilarni chin qalbdan tabriklaymiz! Sizning muhandislik salohiyatingiz, izlanuvchanligingiz va ijodingiz…

Continue ReadingFuture Builders Contest — NATIJALAR!

TALABALAR O‘RTASIDA QO‘SHIQ KUYLASH TANLOVI

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarining talabalari o‘rtasida qo‘shiq kuylash bo‘yicha ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tanlov talaba-yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, sahnadagi iste’dod va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, shuningdek, jahon va milliy musiqa madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Tanlov yo‘nalishlari: Jahon estrada qo‘shiqlaridan bir namuna O‘zbek estrada yoki mumtoz qo‘shiqlardan bir namuna Hakamlar hay’ati: Xalqaro festivallar g‘olibi, “Do‘stlik” va “Jamoat fidoiysi” medallari sohibi, xonanda Doniyor Goipov O‘zbekiston Respublikasi Filarmoniyasi bastakori Farhod Abdullayev Quyidagi mezonlar bo'yicha ishtirokchilar baholanadi:ohangning musiqiyligi va oʻziga xosligi;ijrodagi muallifning individualligi;asarlarning badiiy qiymati va oʻziga xosligi;ijro mahorati, darajasi;tovush balansining mavjudligi;artistlik,…

Continue ReadingTALABALAR O‘RTASIDA QO‘SHIQ KUYLASH TANLOVI

TTPUda “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining Universitet bosqichi davom etmoqda

  • Post category:E'lonlar

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o‘tkaziladi:“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” “Yilning eng faol sportchi talabasi” “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha) “Yilning eng faol ijodkor talabasi” “Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun) Tanlovda kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari qatnashishi mumkin. Bu yilgi tanlovda oldingi mavsumlarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar ishtirok eta olmaydi. Tanlovning universitet bosqichi 10-noyabrga qadar o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish uchun nizomda (https://turin.uz/wp-content/uploads/2025/10/Yilning-eng-faol-talabasi-tanlovi-NIZOMI.pdf) ko'rsatilgan hujjatlar to'plamini ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga…

Continue ReadingTTPUda “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining Universitet bosqichi davom etmoqda

Energiyani tejovchi tizimlarni adaptiv optimallashtirish bo‘yicha ilmiy seminar

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston madaniy meros obyektlarini konstruktiv takomillashtirish orqali energiyani tejovchi adaptiv optimallashtirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi. Ma’ruzachi: PhD talabasi Tatyana KimSana: 2025-yil 31-oktabrVaqt: 16:00Joy: TTPU, B1-xona Seminar davomida O‘zbekistonning madaniy meros obyektlarini energiya samaradorligi tamoyillari asosida modernizatsiya qilish masalalari, konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliy loyihalarda qo‘llashning ilmiy va muhandislik jihatlari muhokama qilinadi. Seminar barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, PhD tadqiqotchilar, magistrantlar hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchilar uchun ochiq! Ilm, madaniy meros va barqaror rivojlanish chorrahasida bo‘lishni istaysizmi? Unda seminarda ishtirok eting!

Continue ReadingEnergiyani tejovchi tizimlarni adaptiv optimallashtirish bo‘yicha ilmiy seminar

SHAHMAT TURNIRI YAKUNIGA YETDI!

  • Post category:Yangiliklar

Bugun universitetimizda 5 daqiqali Blitz shaxmat turniri bo’lib o’tdi! Shveytsariya tizimi bo’yicha o’tkazilgan turnirda talabalar o’zlarining tezkor fikrlash va strategik mahoratlarini namoyish etishdi. 1-o’rin: Hasan Abduhakimov – 9.0 ball2-o’rin: Mexroj Habibullayev – 7.5 ball3-o’rin: Doniyor – 7.0 ball Barcha ishtirokchilarga rahmat! Talabalar o’z qobiliyatlarini ajoyib tarzda ko’rsatishdi!

Continue ReadingSHAHMAT TURNIRI YAKUNIGA YETDI!

Tayinlov

  • Post category:E'lonlar

Abdullayev Farxod Baxramovich Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Abdullayev Talabalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i - Dekan lavozimida faoliyat yuritgan. Karimov Javlon Jo'raboy o‘g‘li Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Talabalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i - Dekan lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar J.Karimov Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Continue ReadingTayinlov

Joriy yilning 28-oktabr kuni Arxitektura va dizayn yo‘nalishi 1-bsqich talabalari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Tanlovning asosiy maqsadi — talabalarda halollik, adolat, vijdon va fuqarolik mas’uliyati kabi qadriyatlarni mustahkamlash, ularning ijodiy tafakkuri va badiiy didini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu tanlovda 30 dan ortiq talaba o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdi. Ularning ishlari mavzuning dolzarbligi, g‘oya yangiligi, badiiy ifodasi va ramziy yechimi jihatidan baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi:Karimova Diyora – “Eng yaxshi badiiy ishlanma”“Anti korrupsiya” jamoasi – “Eng yaxshi ramziy yechim”Jumanazarova Nargiza – “Eng yaxshi original g‘oya”Nosirjonova Sojida – “Eng yaxshi rangtasvir asari”Asadov Abdulaziz – “Eng yaxshi grafik ishlanma”Xodjayeva Kamola – “Eng yaxshi badiiy ishlanma”Baxtiyorova Zulayho – “Eng yaxshi…

Continue ReadingJoriy yilning 28-oktabr kuni Arxitektura va dizayn yo‘nalishi 1-bsqich talabalari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi

TTPU professor-o‘qituvchisi AQSHda malaka oshirmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maksudjon Usmonov hozirda AQSHning Arizona State University (ASU) oliygohida Faculty Enrichment Program (FEP) doirasida o‘z malakasini oshirmoqda. Ushbu xalqaro dastur pedagogik va ilmiy salohiyatni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Dastur davomida Maksudjon Usmonov ASUdagi ilg‘or dars jarayonlarini kuzatmoqda, zamonaviy laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, Melikian markazi tadqiqotchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda hamda ichki o‘rnatilgan tizimlar (embedded systems) yo‘nalishida tadqiqot loyihasi ustida ishlamoqda. O‘zbekiston hamda AQSH o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu Faculty Enrichment Program dasturi AQSH Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.

Continue ReadingTTPU professor-o‘qituvchisi AQSHda malaka oshirmoqda

TTPU va Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev hamda Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi rahbari Farrux Ziyayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ta’lim, innovatsiya va iqtisodiyot sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, “Samsarak aqlli eko-qishlog‘i” loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari, startap tashabbuslari, shuningdek, talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida “Turin–Samsarak Innovation Challenge” startap tanlovi, qo‘shma ilmiy loyihalar, grant dasturlari va talabalar amaliyotlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi.

Continue ReadingTTPU va Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TTPUda “FUTURE BUILDERS CONTEST” talnovi bo‘lib o‘tmoqda!

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qurilish muhandisligiga ixtisoslashgan “Future Builders Contest” tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlovning dastlabki uch kunida talabalar jamoalarga bo‘linib, kichik tayoqchalardan foydalangan holda ko‘priklar va minoralar loyihalarini ishlab chiqish ishlarini amalga oshirishmoqda. Bu — nafaqat muhandislik bilimlarini, balki ijodkorlik, jamoaviylik va tashabbuskorlikni sinovdan o‘tkazish maydonidir! Har bir jamoa o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirayotgani — TTPUda bilim va amaliyot uyg‘unligining yaqqol isbotidir!

Continue ReadingTTPUda “FUTURE BUILDERS CONTEST” talnovi bo‘lib o‘tmoqda!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tadi

  • Post category:E'lonlar

26-noyabr kuniAnjumanlar zali Mehmon adiblar:Zilola Xo'janiyozova - «Ulugʻbek» mukofoti sovrindori. “Vatan uchun yashaylik!” Respublika tanlovlari gʻolibi;Xurshid Davron - Oʻzbekiston xalq shoiri. Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot, Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti, Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti sohibi;Norqobil Jalilov - “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist. Murojaat uchun: @Fariza373

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tadi

Raqamli kelajak sari bir qadam: TTPU talabasi global ta’lim dasturida!

  • Post category:Yangiliklar

Ayni paytda 19 ta mamlakatdan saralab olingan 150 nafar iqtidorli yoshlar Xitoyning Dongguan shahrida Huawei kompaniyasining flagman loyihasi — Seeds for the Future ta’lim dasturida ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekistondan jo‘nab ketgan 10 nafar talabaning biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 4-bosqich talabasi Dosmuxhamedova Faxriya o‘z texnik bilimlarini global sahnada sinab ko‘rmoqda va TTPU nomini xalqaro miqyosda munosib namoyon etmoqda. Dastur davomida yoshlar sun’iy intellekt, 5G va bulutli hisoblash texnologiyalari bo‘yicha intensiv treninglarda ishtirok etish, xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar o'tkazish, shuningdek, turli madaniyat vakillari bilan bilimlar va tajribalar almashish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

Continue ReadingRaqamli kelajak sari bir qadam: TTPU talabasi global ta’lim dasturida!

TTPUda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: Barqaror energetika kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: Barqaror energetika kunlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yevropa Ittifoqining SECCA (Sustainable Energy Connectivity in Central Asia) loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida barqaror energiya manbalari, ekologik tafakkur va “yashil” texnologiyalar ahamiyatini targ‘ib etish, shuningdek, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasasi hayoti va ilmiy-innovatsion muhit bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. 💠 Tadbirda SECCA loyihasining energetika bo‘yicha yetakchi eksperti Paata Janelidze, energetika sohasini boshqarish bo‘yicha ekspert Ilze Purina, loyiha tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ekspert Nataliya Sarsenbekova, O‘zbekiston bo‘yicha milliy koordinator G‘ayrat Tashmatov, kommunikatsiya bo‘yicha ekspert Erik Ilyasov, shuningdek…

Continue ReadingTTPUda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: Barqaror energetika kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi

SILK ROAD MARATHON | MUSOBAQA

  • Post category:Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Silk Road Marathon" xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o'tkaziladi. Ommaviy yugurish musobaqasi joriy yilning, 1-2-noyabr kunlari Xiva, 22-23-noyabr kunlari Andijon, 2026-yil 25-26-aprel kunlari Buxoro hamda 2026-yil 9-10-may kunlari Shahrisabz shaharlarida bo'lib o'tadi.

Continue ReadingSILK ROAD MARATHON | MUSOBAQA